1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Yig’ish-payvandlash qurilmasining vazifasi va uning turlari



Download 5,29 Mb.
bet32/65
Sana25.03.2022
Hajmi5,29 Mb.
#508875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
2 5188653417957954614

6. Yig’ish-payvandlash qurilmasining vazifasi va uning turlari


Yig’ish-payvandlash qurilmasi yig’ma birliklar qismlarini payvandlash asbobiga (elektrodlar, payvandlash qisqichlari) nisbatan bazalash va o’zaro mo’ljallash uchun xizmat qiladi. Undan foydalanish bilan yig’ma birlikni prixvatka qilish va payvandlash amalga oshiriladi. Yig’ish-payvandlash qurilmasini qo’llash texnologik operatsiyalarni bajarish vaqtini qisqartiradi, yig’ish-payvandlashning berilgan geometrik o’lchamlari aniqligini va sifatini ta’minlaydi, operator ishini yengillashtiradi va ishlarni bajarish xavfsizligini oshiradi.
Qurilma har bir detal va yig’ma birlik shakli, hamda o’lchamlariga mos tarzda ishlab chiqilgan maxsus elementlardan va standart elementlardan tarkib topadi. Qurilma konstruksiyasining maxsus elementlariga asos (plita, plastina, payvandlangan karkas), tayanch elementlar (ustunlar, qayd qiluvchi, mahkamlovchi va qo’shimcha qurilmalar kiradi).
Qurilma konstruksiyasining murakkabligiga bog’liq tarzda moslama, andaza (shablon) va konduktorlarga bo’linadi.
Yig’ish payvandlash moslamasi deb quyidagi operatsiyalar uchun qo’llaniladigan qurilmaga aytiladi: yig’iladigan detallarni payvandlash asbobi uchun qulay holatga o’rnatish; yig’ish va holatni pardozlash (tozalash, to’g’rilash, tekislash) operatsiyalarini qulay bajarish uchun yig’ma birlik qismlarini o’zaro mo’ljallash; payvandlanadigan sirtlarni elektrodlarga nisbatan mo’ljallash; payvandlashda nojoiz deformatsiyalar hosil bo’lishini bartaraf qilish uchun yig’ilayotgan detallarda teskari egiklikni hosil qilish; chok sirtini shakllantirish; payvandlash asbobini payvandlash joyiga yetkazish va undan uzoqlashtirish; payvandlanayotgan yig’ma birlikning ishchi va yordamchi siljishlari va b. yig’ishpayvandlash moslamalarini payvand konstruksiyalar ishlab chiqarishning istalgan turida qo’llash mumkin, ular mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qatorlar tarkibiga kiradi.
Bajariladigan operatsiyalar tabiatiga ko’ra moslamalar: yig’ma, yig’mapayvandlangan va payvandlangan; xizmat vazifasiga ko’ra universal yoki maxsus; montaj usuli va ish tartibiga ko’ra – statsionar, ko’chma, aylanuvchan; dastaki va mexanizatsiyalashgan yuritmali bo’lishi mumkin.
Universal yig’ish-payvandlash moslamalari ko’proq mayda seriyali va yakkalab ishlab chiqarish sharoitida, maxsus moslamalarni tayyorlash maqsadga muvofiq bo’lmaganida qo’llaniladi. Ularni bir tipli, turlicha o’lchamlarga ega mahsulotlarni tayyorlashda qo’llaydilar. Bunday moslamalarning afzalliklariga ularni mahsulot almashganda qayta sozlash mumkinligi, konstruksiyaning nisbatan oddiyligi, tayyorlash xarajatlarining kamligi, kamchiliklariga esa – maxsus moslamalarni qo’llashdagiga nisbatan kichik samaradorlikka erishish mumkinligi kiradi. Universal moslamalar yordamida asosiy masala – detallarni o’rnatish va mahkamlash, payvandlanayotgan mahsulotlarni siljitish yoki aylantirish hal qilinadi. Ularning tarkibiga bir to’plam qayd qilish va siqish elementlari (vintli qisqichlar, prujinali qisqichlar, dastaki tiski va b.) kiradi.
Maxsus moslamalar asosan, yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Ular mayda seriyali ishlab chiqarishda yig’ma birlikni belgilash (разметкакилиш)bilan yoki universal moslamani qo’llash bilan zarur aniqlikni ta’minlash mumkin bo’lmagan hollardagina qo’llaniladi. Maxsus moslamalar yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlaydi.
Yig’ish-payvandlash moslamalari siljish usuliga ko’ra statsionar, operator ish o’rni yoki payvandlash asbobiga nisbatan doimiy o’rnatilgan va siljuvchi bo’lib bo’linadi. Siljuvchi yig’ish-payvandlash moslamalariga payvandlash asbobi ish zonasiga nisbatan ilgarilanma harakatlanish imkoniga ega siljuvchi va koordinata o’qlari atrofida aylanish imkonini beruvchi aylanma moslamalar kiradi.
Statsionar moslamalar statsionar va osma payvandlash mashinalari bilan birgalikda ishlashga mo’ljallangan. Ular qayd qiluvchi va siquvchi elementlarga ega stollar ko’rinishida tayyorlanadi va yaxlit yig’ma birlik yoki uning tashkiliy qismlari bazalariga nisbatan doimiy mahkamlangan bo’ladi. Eng oddiy moslamalar osma mashinalar uchun, eng murakkablari ko’p elektrodli mashinalar uchun xizmat qiladi.
Aylanma moslamalar – yig’ma birlikning fazodagi holatini qayd qilishga imkon beruvchi, yengil o’girgichlar (kantovatellar) yoki qurilmalardir. Ular yig’ish-payvandlashni yig’ma birlikning turli tomonlaridan olib boorish zarur bo’lgan holler uchun mo’ljallangan. Bunday moslamalarning qayd qilish va mahkamlash elementlari vertikal (kamroq qiya) o’qli aylanma stolga yoki gorizontal o’q atrofida aylanishga imkon beruvchi balkaga (ramaga) o’rnatiladi.
Moslamalar ularga o’rnatilgan mahsulotlar bilan birga konveyerda birdaniga ilgarilanma va aylanma siljishga yoki payvandlash mashinasi ish zonasiga nisbatan mokisimon (ilgarilanma-qaytma) siljishga ega bo’lishi mumkin. Siljuvchi moslamalarni qo’llash bilan maxsuslashtirilgan va nisbatan qulayroq asboblar qurilmalarini qo’llash hisobiga ish samaradorligi ortadi va zarur payvandlash jihozlari miqdori qisqaradi.
Yig’ish mashinasiga nisbatan yig’ish-payvandlash moslamalari alohida va uning o’ziga o’rnatilgan hamda sozlangan tarzda bo’ladi. Mayda moslamalar, ko’pincha, payvandlash mashinalari ikkilamchi konturi elementlariga o’rnatiladi.
Andazalar – yig’ish-payvandlash operatsiyalarini bajarish uchun qo’llaniladigan oddiy qurilmalardir. Ular kichik o’lchamli, nomurakkab detallardan tuzilgan yig’ma birliklarni va detallarni, shuningdek, kichik egilish sirtlariga ega yig’ma birliklarni o’zaro mo’ljallash va payvandlash uchun xizmat qiladi. Andazalar yig’ma birlik qismlarining o’zaro joylashuv aniqligi yuqori bo’lmagan sharoitlarda payvandlash uchun qo’llaniladi. Andazalar ko’chma (dastaki), shuningdek, yig’ish-payvandlash qurilmasiga tuzilgan va universal payvandlash mashinalari qurilmalari bilan umumlashtirilgan tarzda bo’lishi mumkin.
Konduktorlar – yig’ilayotgan detallar va yig’ma birliklarning muayyan holatda bo’lishini ta’minlovchi yo’naltiruvchi mexanizmlari, payvandlanadigan detallar va yig’ma birliklarni qulay holatga (operator yoki jihoz uchun) o’rnatishga imkon beruvchi yuritish mexanizmlari va yig’ma birliklar hamda mahsulotlarni yechib olish mexanizmlari bor bo’lgan, nisbatan murakkabqurilmalardir. Konduktorlar kuzovlar va kabinalarning o’rta va yirik yig’ma birliklarini yig’ish, prixvatka qilish va payvandlash uchun qo’llaniladi. Shunga bog’liq tarzda konduktorlar o’rta va yirik deb bo’linadi.
Kuzov yoki kabinani yakiniy shakllantirish uchun mo’ljallangan konduktorlar asosiy konduktorlar deb ataladi. Asosiy konduktorlar, o’ziga sozlangan andazalar va avtomatik ma’romda ishlaydigan payvandlash jihozlari yordamida nuqtali payvandlashni qo’llash bilan kuzov (kabina) ni uning geometrik parametrlarini buzmasdan, erkin holatda yakuniy payvandlashga tayyorlash uchun qo’llaniladi. Ular, odatda, turlicha konstruksiyali qaydlagichlar (fiksatorlar) va zarur miqdordagi qisqichlar o’rnatilgan murakkab asos – staninadan tarkib topadi.
Avtobuslar kuzovlari karkaslari va ularning yirik yig’ma birliklarini yig’ishpayvandlash uchun, statsionar yoki ko’chma bo’ladigan, yirik yig’ish-payvandlash stendlari (stapellar) qo’llaniladi.
Kuzov (kabina) yig’ma birliklarini yig’ish-payvandlashning sifati, ko’p jihatdan yig’ish-payvandlash jihozi qaydlagichlari, qisqichlari, tirak qurilmalari to’g’ri joylashtirilganiga, ko’p nuqtali mashinalarda sozlangan moslamalarni va kontrelektrodlarni diqqat bilan moslashtirishga bog’liq bo’ladi. Tayanch sirtlarning yeyilishi, mahkamlashning sustlashishi natijasida konduktorlar qaydlagichlari, tirak qurilmalari, qisqichlari o’lchamlari o’zgaradi. Ayniqsa, elektrodlar ishchi sirtlari va tez-tez moslashtirishni talab qiluvchi, izsiz payvandlash uchun qo’llaniladigan, moslamalarga sozlangan mis plastinalar ko’p yeyiladi. Turlicha fazo holatlarida o’rnatilgan qaydlagichlar soni ko’p bo’lganida ularni moslashtirish murakkablashadi. Bunday maqsadlar uchun master-maketlar qo’llaniladi, ular bo’yicha yig’ish-payvandlash moslamasini tayyorlash va ta’mirlash vaqtida sozlash amalga oshiriladi. Ular detallar va yig’ma birliklar tutashish sirtlarini aniq takrorlovchi hajmiy konstruksiyalarni namoyon qiladi. Master-maketlar nomenklaturasi kuzovlar (kabinalar) yangi modellarini ishlab chiqarishni tayyorlash vaqtida aniqlanadi. Konduktorni sozlash vaqtida master-maketlar uning maxsus qayd qiluvchi tiraklariga o’rnatiladi. Mabodo, zarurat bo’lsa dastlab, konduktorning pnevmotsilindrlari, ushlab turuvchi ustunlari, bloklari va shu kabi qismlari yechib olinadi. Bundan keyin tekshirish amalga oshiriladi va konduktorning barcha ishchi qismlari sozlanadi. Master-maket bo’yicha
tayyorlangan jihozlar ishchi sirtlarining og’ishi oralig’ida bo’lishi lozim.
Oxirgi paytlarda yig’ish-payvandlash konduktorlarini tayyorlash va sozlashda master-maketlar o’rniga uch koordinatali o’lchov mashinalari qo’llanilmoqda. Bunday mashinalarning qo’zg’aluvchan o’lchov elementlari o’lchash-belgilash operatsiyalarini aniqlik bilan bajarishga imkon
beradi.

Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish