Dalton turli elementlarni o‘zaro ta’sir qildirib kimyoviy birikmalar hosil qilish usullarini kuzatdi. U har bir element atomlardan tuzilgan, atom esa moddaning bo‘linmas birligidir, deb tushuntirdi. Uning fikricha, bir xil kimyoviy element atomlari boshqa xil kimyoviy element atomlaridan farq qiladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq kimyoviy element bor, Dalton nazariyasiga ko‘ra esa elementar zarralar soni ham shuncha bo‘lishi kerak, lekin buni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.
Nyuton va Dalton fikrlari
Nyuton
Dalton
1816 yilda Prout ilgari surgan nazariyaga asosan barcha element atomlari aynan bir turdagi atomlardan, chunonchi vodorod atomlaridan tuzilgan, bu esa qadimgi yunonlarning birlamchi materiyasiga to‘g‘ri keladi. Prout hamma elementlarni atom og‘irliklari butun sondan iborat bo‘lib, vodorod atom og‘irligiga qoldiqsiz bo‘linadi, degan fikrda bo‘lgan. Atom og‘irliklarini o‘lchashda shu fikrga suyanilgan. Tajribalarning ko‘rsatishicha, atom og‘irliklari kasr sonlar bilan ham ifodalanadi, masalan, Cl (35,457); Cu (63,54). Ma’lum vaqtdan so‘ng Prout nazariyasi ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |