Epikurning fikricha, atomlar bir-biridan massalari bilan ham farq qiladilar, atomlarning qismlari mavjud. Epikur tabiatda har xil shakldagi atomlar soni cheksiz, shakllar soni esa chekli deb tushuntirdi. Qadimgi yunon atomistlari tushunchalarining kuchsiz tomonlari Aristotel (eramizgacha 384-322) tomonidan butun atomizm konsepsiyasining tanqid qilinishiga sabab bo‘ldi. Aristotel fikri va atomistlarning farazlari, atomlarning mutloq o‘zgarmas ekanligi, deformasiya, siqiluvchanlik, jismlarning issiqlikdan kengayishi, ularning o‘zaro ta’siri kabi hodisalarning mavjudligini tushunishga imkon bermaydi.
Epikur va Aristotel fikrlari
Epikur
Aristotel
Do'stlaringiz bilan baham: |