Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, «Ma’naviyat asoslari» mustaqil fan sifatida
shakllanib va takomillashib bormoqda. Uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni
tarbiyalashdagi roli oshib bormoqda. Uning ko‘p qirrali imkoniyatlaridan samarali
foydalanish davlat olib boryotgan siyosat bilan bog‘liq. To‘g‘ri, shaxs va millat
shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ma’naviyatning roli va
ahamiyatigi e’tibor berib kelingan.
Bugunga kelib ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga nisbatan
munosabat tobora kuchayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil davlatlarning
ko‘pchiligida birida oldinroq, ikkinchisida keyinroq ma’naviyat omilining roli va
ahamiyatini oshirishga imkoniyat darajasida e’tibor berilmoqda.
Bu borada O‘zbekistoning tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom Karimovning
bevosita tashabbusi asosida ma’lum tajribalarini to‘plashga erishganligini ta’kidlash lozim
bo‘ladi. Ma’naviyatni ko‘tarish davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining
ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi
sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi
ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni
shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi.
Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga
tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan
yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan
uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz
kerak ekanligi uqdirildi.
Aslini olganda, hozirgi kunda ma’naviyatning ustivor sohaga ko‘tarilishining bir
qator sabablari bor. Ular quydagilardan iborat:
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda
yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning
ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati
yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim
mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib
chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz
kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z
navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy
ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy
tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga
keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir
tomonlama ketish turmush tarzida yetakchi o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida,
milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz
kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik
berishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat
qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar
oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim
olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul
topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul topish, o‘z hayotining iqtisodiy
imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi.
Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning
ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan
xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir
qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar
qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat
qilgan. Ana shu potensial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus
millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi,
tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati
ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat
qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini
anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarb berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni
yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltiradi.Bunday salbiy
jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Uni bartaraf
etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo‘lishiga yana bir sabab,
millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qattiy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan,
o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi
omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga
ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga
egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning
ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha
xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan
ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta
ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon
sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat
ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar
sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi,
inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana
shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish,
millatimizning qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida anglab olindi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin
ma’naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustivor
siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olshib keldi. Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil
23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»;
1999 yil 3 sentyabr’da «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvatlash
to‘g‘risida» farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentyabr’dagi “Ma’naviyat va ma’rifat
jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish
to‘g‘risida” farmonda, «…ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor
yo‘nalishi, deb hisoblansin»,1 deb belgilandi.
1 «Xalq so‘zi», 1996yil, 10 – sentyabr.
1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
qaror qabul qildi. Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi
sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda
davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd etildi. Bu sohadagi
muhim vazifalar, oldimizda turgan muammolar va ularni
kechiktirmay hal etish zarurligiga xalqimiz e’tibori qaratildi.
Ana shu muhum hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan
davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’naviyatni
rivojlantirishdagi davlat siyosati Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat- kelajak
poydevori”; “Kuch – bilim va tafakkurda”;1 “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” degan
konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlariga monand ravishda amalga oshirilmoqda.
2 Karimov I.A. O‘zbekistoning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li., 28-bet.
Ma’nviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining hozirgi
bosqichida ayniqsa asosiy vazifa darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning
ichki hayoti bilangina bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishga
tahdid solishga urinayotgan tashqi turli oqimlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir.
Ularning ayniqsa hayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarimizning ongini zaharlash
borasida olib borayotgan harakatlariga qarshi turaoladigan, erkin fikrlaydigan, fidoiy
Vatanparvarlarni tarbiyalash ma’naviyatni yuksak darajada rivojlantirishini taqazo
qilmoqda.
Agar ana shu vazifalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa bugun ma’naviyatni
rivojlantirishni quydagi yo‘nalishlarda:
Birinchidan, sobiq sovet totalitar tuzumining zo‘ravonlik va tobelik tafakkuri
qoldiqlaridan qutilish. Buning uchun har bir insoning ichki ruhiy salohiyatini yuzaga
chiqarish, fikr erkinligini ta’minlash, har bir shaxsning o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi
yaratish imkoniyatini hamda ruhiyatini shakllantirish;
Ikkinchidan, har bir shaxsda mustaqillik tafakkurini rivojlantirish, o‘zbek millatiga
mansubligidan faxrlanish, avlod- ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va
ma’naviy boyliklarni egallash va ularni mamlakat va milliy taraqqiyotiga keng jalb
qilishda fidoiylik ko‘rsatish zarurligini anglash ruhiyatini mustahkamlash;
Uchinchidan, har bir shaxsda milliy o‘zligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan
va millat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi, mamlakat va milliy taraqqiyotga,
siyosiy, ijtimoiy hamda millatlararo barqarorlikka, diniy bag‘ri kenglikka putur
yetkazuvchi har qanday harakatlarga qarshi ma’naviy – siyosiy va fuqarolik salohiyatiga
ega bo‘lishiga erishish;
To‘rtinchidan, har bir shaxsning bilim olishga intilishiga, mamlakatimiz va jahonda
fan, texnika, texnologiya sohasida erishilgan yutuqlardan bahramand bo‘lishiga sharoitlar
yaratish, O‘zbekistonning jahonda nufuzining mustahkamlanib borishidan g‘ururlanish
kabi ma’naviy-ruhiy salohiyatiga erishishdir.
Mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday
salohiyatlarni shakllantirishimiz umumma’naviy yuksalish uchun asosiy mezon
hisoblanadi.
Prezidentimiz takidlaganidek, «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo‘lgan
hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va sahovat kabi insoniy
fazilatlar yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda va bunday ma’naviy muhit odamlarining
ruhiyati va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.» 2.
Do'stlaringiz bilan baham: |