Bolaga kitobni tinglash yoqishi uchun nima qilish kerak?
Asar qaramonlarining turli hissiy holatlarini ataylab bo’rttirib, matndan bir oz uzoqlashishdan qo’rqmaslik, o’qish paytida o’zgartirishlar kiritish, kulgili bo’lib tuyulish, turli ovozlar bilan gapirish, qiziq imo-ishoralar, mimikadan faol foydalanish mumkin. Kitob o’qish (tinglash) jarayoni o’ziga xos teatrga aylansin. O’qish jarayoniga qiziqarli narsalar qancha ko’p qo’shilsa, shuncha yaxshi bo’ladi. Siz rolga qanchalik osonlik bilan kirishib ketsangiz, bola shunchalik qiziqish bilan syujet rivojini kuzatadi. Uning o’zini ham bu o’yinga jalb etishga urinib ko’ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |