1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni saxnalashtirish faoliyatga yo’naltirish orqali ijodiy rivojlantirish yo’llari



Download 0,85 Mb.
bet2/55
Sana11.08.2021
Hajmi0,85 Mb.
#145122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
SAXNALASHTIRISH

Ijodiy faoliyat - bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiyot holati - ilhomlanish, shuningdek ruhiy kechinmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.
          Ijodiy qobiliyatlar - bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g’oyani ilgari surish uchun kerak bo'ladigan bilimlarni ishga solish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash va topish, natijada yangi asl mahsulotlar yaratish (...kashfiyot), ixtiro, san’at asari, tavsifnoma va x. k. qobiliyatlaridir.

 Ijodiy yondashuv (IY) - bu pedagogikada zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bo’lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo'nalishlarini topishga undash jarayonidir. Bunda pedagog tarbiyalanuvchning ijodiy faoliyatiga ilmiy asosda rahbarlik qiladi va ularning shaxsiy tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlaydi, ular bilan hamkorlikda ishlaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola 3 yoshdan boshlab bolalar jamoasiga qo’shiladi.  Bola 3 yoshgacha oilada aqliy, ruxiy, jismoniy darajasi yosh xususiyatiga mos shakllangan bo’ladi, uning idroki, tafakkuri ijodiy rivojlanish qobiliyatlarini boyitish tarbiyachi pedagog uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Tarbiyachi kun davomida tashkil etiladigan faoliyat va mashg’ulotlar jarayonida ularning ijodiy qobiliyatlarini, yosh xususiyatlariga doir bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlanishini ta’minlaydi. Buning uchun esa tarbiyachi pedagogning o’zi bilimli, iste’dodli, o’z ustida tinmay ishlaydigan izlanuvchan ijodkor bo’lishi shart. Bolalarga esini taniy boshlaganidanoq uni o’rab turgan atrof- muhit haqida ma’lumotlar berish bilan birga Umar ibn xattob (roziyallohu anhu) voliylariga aytganidek “Bolalaringizga suzishni, chavandozlikni o’rgatinglar va ularga maqollar hamda chiroyli she’rlarni aytib beringlar” yoki Utba ibn Abu Sufyon ham o’g’li Abdusomadning ustoziga “Bolamga Alloxning kitobidan ta’lim ber, she’rlardan eng yaxshisini, so’zlarning eng sharaflisini o’rgat, ijodini boyit ” deb buyurdi. Shunday bilimga ega bo’lgan tarbiyachi beg’ubor bolalarni har tomonlama ijodiy salohiyatli, yuksak insoniy fazilatli qilib tarbilashga astoydil kirishadi.

Ijodkorlik qobiliyati - insonning tabiiy va ijtimoiy dunyoni voqelikning ob’ektiv qonunlari asosida o‘z maqsadi va ehtiyojlariga muvofiq o‘zgartiradigan faoliyatidir. Ijod mahsuli bu inson ongining faol mahsulidir. "Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi"ning asosiy mazmunida bolalarning individual xususiyatlari va iste’dodini rivojlantirish vazifasi belgilab berilgan. Xozirgi tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashda, o’yin faoliyatlari jarayonida ijodiy faoliyat ko‘rsata olishini isbotladi.  Albatta, bolalar ijodkorligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi. Ta’lim jarayonida, ertaklar eshitish, xikoyalar tinglash, har xil rasmlarni ko‘rish, musiqa tinglash, raqsga tushish, syujetli rolli o’yinlarda eshtirok etish orqali bolaning badiiy- ijodiy qobiliyati ulg’ayadi, rivojlanadi. Bola xoxlagan o‘yinchoqni yasashdan oldin o‘zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta —sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval kattalarning og‘zaki ta’siri bilan ixtiyoriy tasavvur obrazlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin. Bola uchun oddiy latta- puttadan yasagan o’yinchogi juda qadrli bo’ladi. Buni boladan tortib olib qo’yingchi, ko’rasiz bolaning qayg’usini.

Bolalar badiiy - ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish yo‘llarini o‘rganganda, yoshi va qiziqishiga mos berilgan topshiriqlar kata axamiyatga ega . Aynan vaqtida, kerakli joyda, kerakli dozada berilgan topshiriqlar bolani ijodiy faollikka undaydi. Topshiriqlarni 3 bosqichda murakkablashtirib borishimiz mumkin.

Birinchi bosqichda; bolalarga ulardan ijodiy faoliyatda dastlabki yo‘nalishni talab qiladigan topshiriqlar beriladi: Tarbiyachining (o‘zing yasa, bir narsa o‘yla, qidirib top, o‘zgartir kabi) ko‘rsatmalari bo‘yicha bolalar pedagog bilan birga ishlab, ijodkorlik elementlarini namoyon etadilar.

Ikkinchi bosqichda - bolalarni aniq maqsadga muvofiq ishlashga va izlanishga da’vat etuvchi topshiriqlar beriladi. Bola tarbiyachi bilan birga ishlab, o‘zlashtirgan ko‘nikmalarni kombinatsiyalash va o‘zgartirish mumkinligini tushuna boshlaydi.

Nihoyat, uchinchi bosqich – bolani turli faoliyatda fikrlash bo‘yicha mustaqil harakat qilishga, o‘z ishlarini rejalashtirishga, tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rgatadigan topshiriqlardan iboratdir.

Tarbiyachi bolalarga topshiriqni emotsional tarzda tushuntiradi. Tarbiyachining izohi bolalarni qiziqtirishi kerak, buning uchun tarbiyachi o‘yin elementlaridan, o‘yin harakatlaridan foydalanishi mumkin. Bolalar ko‘z o‘ngida qo‘g‘irchoqlar paydo bo‘ladi. Ular birgalikda tomosha qo‘yishni so‘raydilar. Bunday ertak personajlarning kutilmaganda paydo bo‘lishi bolalarni suyuntirib yuboradi. O‘yinchoqlarning harakatlarini ko‘rib, bolalar sevinib ketadilar, bevosita rolga kiradilar, badiiy obrazlar yaratadilar. Ijodiy ishlashga qiynalayotgan bolalarga tarbiyachi yordam beradi. Buning uchun bolalarga she’r o‘qib berishi, topshiriqlar bo‘yicha topishmoqlar aytib kichkintoylarni qiziqtirishi lozim. Bolalarning har qanday qo’l mehnatini munosib rag’batlantirish shart, shundagina bola o’z ishidan, salohiyatidan qoniqib, ijodiy izlanadi, o’zligini topadi, namoyon qiladi. Tarbiyachining har bir bolaga e’tibori yashirin iqtidorni, iste’dodni, qobiliyatni kichik ijodkorlik namunalarida tug’ilib, ulg’ayishini ta’minlashi mumkin. Zero, Luqmoni hakim o’g’liga bunday nasihat qilgan ekan:” Ey o’g’lim, olimlar bilan o’tir, ular orasiga kir, chunki Alloh yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi qalblarni ham ilm- hikmat nuri bilan tiriltiradi “. Bolajonlar uchun o’sha olimlar, olimlar jamoasi siz, tarbiyachi pedagoglardir. Buni aslo unutmang, bir kuni Fath Musaliy: “ Kasalga suv, ovqat berilmasa, u o’ladimi?” deb so’radilar. Atrofdagilar: “Ha, o’ladi”, deyishibdi. Shunda Fath : “Qalbga ham uch kun ilm berilmasa, u o’ladi” degan ekanlar.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish