O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat univеrsitеti
“UMUMIY FIZIKA” FANIDAN LABORATORIYA ISHLARI TO‘PLAM
Urganch Davlat univеrsitеti “Biologiya” yo‘nalishi II kurs talabalari uchun labоratоriya ishlarini bajarishga dоir o‘quv-uslubiy qo‘llanma
Urganch-2019
SO‘Z BOSHI
Ushbu qo‘llanm Urganch Davlat universiteti “fizika” kafedrasi professor o‘qituvchlarining ko‘p yillik ish tajribalari asosida yozilgan bo‘lib, u mualliflar tomonidan tayyorlangan. Ushbu qo‘llanma ____ ta labaratoriya ishini o‘zida mujassamlashtirgan.
Talabaning chuqur ilmga ega bo‘lishida darslik va qo‘llanmalarning mavjudligi, ularning sifati asosiy omillardan biridir.
Mazkur qo‘llanmani yozishda mualliflar birinchidan, talabalarni fizikadan labaratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘zbek tilidagi qo‘llanma bilan taminlashni, ikkinchidan, talabalarning kelajakda umumtalim maktab, akademik litsey o‘qituvchilari yetishishini nazarda tutgan holda fizik qonunlar, hodisalar va o‘lchashlarning oddiy usullarini o‘zlashtirishlariga yordam berishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Har bir labaratoriya ishi umumiy fizika kursining alohida mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, vazifalarning hajmi turlicha. Ko‘pchilik hollarda ayni bir laboratoriya ishida bir necha usuldan foydalanib, tegishli fizik kattalikni aniqlash yoki muayyan qonuniyatni o‘rganish talab etilsa, boshqa hollarda ayni bir qurilma yoki moslama yordamida bir necha mashqni bajarish mumkin.
Qo‘llanmada berilgan har bir amaliy mashg‘ulotning tavsifida qat’iy ketma – ketlikka rioya qilinadi. Dastlab ishning maqsadi, so‘ngra ish to‘g‘risida aniq nazariy ma’lumot bayon etilgan. Har bir laboratoriya ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni tavsiya etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan olish mumkin.
Talabalarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar qo‘llanmaning ilova qismida berilgan. Har bir laboratoriya mashqida ishni bajarish uchun kerakli asbob va materiallarning nomlari, qurilmaning tavsifi, ishning bajarilish tartibi va nihoyat, laboratoriya ishining oxirida talaba nazariy hamda amaliy bilimlarini tekshirib ko‘rishi uchun sinov savollari keltirilgan.
Bunday savol-topshiriqlar to‘plamini tayyorlash yangi pedagogik texnologiyalar tizimini joriy etish, o‘qitish sifatini oshirish. Kitobdagi har bir mavzuga bir necha savol-topshiriqlar beriladi.
Qo‘llanmadagi laboratoriya ishlarining asosiy qismi hozirgi vaqtda pedagogika universiteti va institutlarida hamda ko‘pchilik umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bo‘lgan yoki ustaxonalarda yasalishi mumkin bo‘lgan asboblar yordamida qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, ushbu qo‘llanma yosh o‘qituvchilar va talabalarning kelgusi pedagogik faoliyatlarida katta yordam beradi.
Talabalarning vaqtini tejash maqsadida qo‘llanmaning oxirida fizik kattaliklarning turli sharoitdagi qiymatlari jadvallari, ularning Xalqaro birliklar sistemasidagi birliklari, ba’zi formulalar ilova qilingan. Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qo‘yiladigan talablar, tegishli xavfsizlik qoidalari qo‘llanmaning bosh qismida bayon etilgan.
Mualliflar
Mundarija
|
1
|
Kirish…………………………………………………………………....4
|
|
2
|
Fizikaviy kattaliklarni о‘lchash va xatоliklar nazariyasi xaqida qisqacha ma’lumоtlar…………………………………………………………..….6
|
|
3
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |