16 - LABORATORIYA ISHI
1. Ishning nomi: Kiyim detallarini yelimlab biriktirish. Yelimlab biriktirish
jrayonining mohiyati, yelimlab biriktirishni afzalligi va kamchiligi.
2. Ishdan maqsad:
Yelimlab ishlatiladigan materiallardan foydalanishni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Materialarni yelimlab ulash sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Sintetik
simolalar paydo bo‘lgandan buyon yelimlab ulash ayniqsa keng tarqaldi. SNIISHP
1949 yildan boshlab kiyim detallarini yelimlab ulash usullarini ishlab chiqish va
takomillashtirishga
kirishib, xozirgacha ancha amaliy natijalarga erishgan.
Endilikda ust kiyimlar tikishda ko‘p tikuvchilik korxonalari yelimlab ulash
usulidan keng foydalanilmoqda.
Detallarni yelimlab ulanganda yelimdagi ulash kuchi (kogeziya) va
yelimning gazlama satxiga yopisha olish hususiyati (adgeziya)
yelimlab
ulanayotgan gazlamalar pishiqligidan kamroq bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lsa
zo‘riqqan vaqtda gazlama butun qolib, yelimlangan chok ajiralib ketadi.
Bog‘lovchi va qo‘shimcha moddalar yelimning asosini tashkil etadi. Bu asos
yumshoqroq, elastikroq yumshatish temperaturasi pastroq bo‘lishi
uchun unga
qo‘shimcha pastifikatorlar aralashtiriladi. Masalan: Kamfara, kanakunjut moyi,
glitserin etilenglikol, dietilenglikol kabi birikmalar shunday pastifikator bo‘ladi.
Yelimning asosi yuqori elastik issiqqa chidamli va sovuqqa chidamli xamda shu
kabi zarur xususiyatlarga ega bo‘lishi
uchun unga qorakuya kaolin, talk, bo‘r
singari to‘ldiruvchi moddalar qo‘shiladi.
1950 yilda SNIISHP BF– 6 sintetik yelimni suyuq xolda zig‘ir tola yoki ip
gazlamalarga surkab, quritib qo‘yish mumkinligini topdi. Bu esa yordamchi
gazlamalarni asosiy detallarga tikib o‘tirmay yopishtirib qo‘ya
qolish imkonini
berdi. O‘sha yilning o‘zida BF-6 yelimini plyonka sifatida ishlatish ham
topiladi.Olim plyonka 1953 yilda maskvadagi “Bolshevichka”
tikuvchilik
fabrikasida 1 – marta ishlatila boshlandi. 1954 yil SNIISHP ust kiyimlarining bort
qotirmasi, yoqasi, yeng uchi kabi asosiy uzellarini
yelimlab ulashning yangi
texnologiyasini ishlab chiqdi.
Yelimlab biriktirish uchun yelimli gazlama yelimli uqa o‘rgimchak uyi
tipidagi noto‘qima materiallar yelim ip va yelim plyonka ishlatiladi.
Yelim qoplangan qotirmalik materiallar zig‘ir tolali gazlamaning bir
tomoniga yirikligi 0,4-0,8 mm bo‘lgan P-54, P-12/6/66 yelim kukuni qoplab xosil
qilinadi.
Yelim uqa – 300, 301, 302 artikuldagi oq surp gazlamaning bir tomoniga P-
54 yoki P-12/6/66 yelim kukuni qoplab tayyorlanadi.
Yelim ip – 0,3 – 0,5 mm qalinlikdagi yakka ip bo‘lib P-548 P-12/6/66
poliamid smolasidan olinadi. Yuviladigan kiyimlar
uchun yuqori bosimda
olinadigan polietilendan olinadi.
O‘rgimchak uya tipidagi noto‘qima yelim material P-548, P-12/6/66
yelimlarining eritmasidan olingan tolalar yoki yuqori bosimda olingan polietilen
tolalar bir-biri bilan tartibsiz cholinishidan xal bo‘lgan noto‘qima material.
Do'stlaringiz bilan baham: