1. Jahon xo‘jaligining globallashuvi yo‘nalishlari Globallashuv jarayonining salbiy tomonlari


Iqtisodiyot globallashuvining makro va mikro darajalari. Global muammolar



Download 32,52 Kb.
bet3/4
Sana27.05.2023
Hajmi32,52 Kb.
#944401
1   2   3   4
Bog'liq
40 - Ma`ruza. Globallashuv jarayonining mohiyati va asosiy yo‘nalishlari

3. Iqtisodiyot globallashuvining makro va mikro darajalari. Global muammolar.

Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni, ya‘ni uzviy ravishda o`zaro bog`langan bir butun jahon xo`jaligining shakllanishi tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. Bu o`zgarishlar xalqaro infratuzilmada iqtisodiyot globallashuvining makro va mikro darajalariga olib keldi. Globallashuvning mikro darajasi kompaniyaning milliy chegaralardan tashqarida ishlab chiqarishni va bozorni kengaytirish strategiyasi bilan belgilanadi. Globallashuvning makro darajasida milliy iqtisodiyotni xalqaro hamjamiyatga boshlovchi kuchlarning birligi tushuniladi. Bu kuchlarga birinchi darajada to`g`ridan-to`g`ri xorijiy sarmoyalarni, texnologiyalarning almashinuvi, tovarlar va xizmat savdosining o`sishiga aytishimiz mumkin. Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsiya uyushmalarining iqtisodiy faollikka tortib, savdo va investitsiya to`siqlarini olib tashlaydi, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi. Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo`jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi o`zaro kelishuvlarni qamrab oladi. Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo`ladi. Ko`pgina yirik TMK lar global miqyosda harakat qiladi. TMKlar globallashuv jarayonining sub‘ekti bo`lib, globallashuvning asosini, ya‘ni uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchidir. Globallashuvning mikro darajasiga zamonaviy informatsion texnologiyalar sabab bo`lishi bilan bir qatorda, ko`pgina firmalar tomonidan raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida qilingan sa‘iy harakatlari, standartlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, o`lchash, ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini tekshirish va nazorat qilish, xalqaro savdoning tez o`sishiga yordam beradi. Zamonaviy jahon xo`jaligi - bu nafaqat jahon ishlab chiqarish kuchlarining globallashuv natijasidir, balki ularning o`zi global moliya-kredit va valyuta to`lovlarining yaqin aloqasidir.


Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlar rivojlangan mamlakatlarda xayrixoxlik bilan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xavotir bilan qabul qilinmoqda. Buning sababi shundaki, globallashuv jarayonining afzalliklari barcha mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi. Shuning uchun ham globallashuvdan kim foyda ko`radi, degan savol turli munozaralarga sabab bo`lmoqda. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeyini mustahkamlab, ularga qo`shimcha afzalliklar beradi. Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy kam rivojlangan mamlakatlar mavqeyi salbiy o`zgarishiga sabab bo`lib, ularni globallashuv jarayoni sub‘ektlariga emas, balki ob‘ektlariga aylantirishi mumkin.
Butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash mumkin.
Global muammolar, o`z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o`rtasidagi o`zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar: birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko`rsatuvchi; ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo`luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko`rsatib o`tish mumkin:
 rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;
 tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar;
 energetik muammolar;
 xom - ashyo muammosi;
gumanitar muammolar;
 oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.


Download 32,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish