1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Ijtimoiy prognozlashtirish muammosi



Download 310,56 Kb.
bet33/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184
Bog'liq
falsafa

39.Ijtimoiy prognozlashtirish muammosi. Tayanch atamalar: Ijtimoiy bashorat tushunchasi: uning tiplari, metodlari. Bashoratning turlari O’zining, o’z farzandlarining, o’zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo’lmasa kerak. Shu sababli qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo’lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo’ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o’rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko’rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o’tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi obyektiv va subyektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning uch turini farqlash mumkin: 1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat. kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqyealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma’lumki, intuisiya – bu ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetish. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. Masalan, to’rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko’rilmagan bashoratgo’ylik qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo’lishini ham bashorat qilgan. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog’liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o’rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o’zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi. Prognozdashtirish masalasi bilan K Tulenova shug’ullanadi.Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, REND va Kelajak uchun resurslar korporasiyalari, Chikago va Kaliforniya universitetlari (AQSh); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vise-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reyestrda shtat va byudjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni cheklangan tashkilot sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil etishdan iborat.


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish