1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Sinergetika vа uning аsоsiy tаmоyillаri



Download 310,56 Kb.
bet32/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
Bog'liq
falsafa

37.Sinergetika vа uning аsоsiy tаmоyillаri. Tayanch atamalar:Sinergetika vа uning аsоsiy g’оyalаri: Bаrqаrоrlik, evоlyutsiya,(tаdrijiylik). Sinergetikaning аsоsiy shаkllаri: nоchiziqlilik, bоsqichmа-bоsqich o’tish. O’z-o’zidаn tаshkil bo’lish Sinergetikaning lug'aviy ma’nosi — birga ta’sir qilish, bir butun harakatda turli imkoniyatlar va energiya ko‘rinishlarining birga-birga ta’sir ko'rsatishini bildiradi. Sinergetika borliqning avval yetarli o'rganilmagan real munosabatlarini falsafiy tahlil qiluvchi yo'nalish sifatida paydo bo‘ldi. Sinergetika dialektika qonunlarini taraqqiyotning yagona, universal qonunlari, deb hisoblamaydi. Sinergetikaning bosh tamoyili — uzluksizlik (evolutsiya), bosqichma-bosqich rivojlanish(koevolutsiya), muvozanatsizlik, beqarorlikning barqaror sifat kashf etishi kabi qonuniyatlarini sharhlab berishdan iborat. Sinergetika asoschilaridan biri Prigojin fikrieha, vaqtning, bir sistemaning evolutsion yo'nalishi tashqaridan berilmay, balki fizik- kimyoviy elementlar darajasida о‘ziga xos ichki jarayon sifatida shakllanadi, o‘z-o‘zidan rivojlanish tasodiflar va beqarorlik asosida sodir bo'ladi.Sinergetikaning vazifasi, dastawal fizikaviy, kimyoviy, biologik hodisalarda, keyinchalik esa iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy jarayonlardagi о‘z-o‘zim tashkil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, xaos (tartibsizlik) kabi holatlaming yo'nalishini, qonuniyatlarini bilishga qaratilgan.Bugungi kunda, sinergetika tarafdorlarining fikrieha, dialektika ta’kidlagan evolutsiyasiz inqilob, inqilobsiz uzluksiz rivojlanish bo‘lmaydi, degan qarash eskirib qoldi. Chunki, evolutsiya borliqning umumiy qonuni sifatida, nafaqat insonlar bilan insonlar o‘rtasida, balki inson bilan tabiat o‘rtasidagi birlik, mushtaraklik, hamkorlikni ham ifodalaydi. Sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat, muvozanatsizlik bilan muvozanat o'rtasidagi qonuniyatga tayanadi. Shu vaqtga qadar „beqarorlik" tushunchasi salbiy ma’noda ishlatilib kelingan va uning asl mohiyatiga e’tibor berilmagan. Bugungi fan esa, beqarorlikni borliqning muhim tomoni deb hisoblaydi.Ma’lumki, barqarorlik — qonuniyat va sababiyat natijasidir. Uni oldindan bilish, boshqarish mumkin. Beqarorlikning mohiyatini tushunish uchun esa, unga teran va sinchkov nazar tashlash kerak. Beqarorlik — hodisalarning sababiy bog'lanishlarining yangi imkoniyatidir.Barqarorlik — determinlashgan dunyoni insonning to'liq nazorat etishi va boshqarishiga imkon beradi. Agar dunyo beqarorligi sabablarini oldindan bilish mumkin emasligini, undagi o'zgarishlar natijasi biz kutganimizdek bo‘lmasligini anglasak, unga ehtiyotkorlik bilan, avaylab munosabatda bo‘lishga majbur boMamiz. Sinergetika — ,,beqarorlik“ tushunchasi va xaos — ,,tartibsizlik“ kategoriyasini falsafiy tahlil etadi. Har qanday jamiyat eski tizimdan yangi tizimga o ‘tar ekan, dastawal beqarorlik, xaos yuz beradi. Bu holatni o‘zgarish jarayonida oldindan bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, mikrosotsial hodisalarda xaos — tartibsizlik, beqarorlik muhim ijobiy o‘rin tutsa, makrosotsial hodisalarda, u buzuvchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday sharoitda davlat tartib-intizom, qonun ustuvorligini talab qilsa, erkin bozor tartibsizlik, ya’ni narx-navoning erkinlashuvini taqozo etadi.Sinergetika borliqdagi rivojlanishning ichki mohiyati, yo'nalishini bilish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega bo‘Igan yangi falsafiy uslubni ifodalovchi g‘oyadir. Sinergetika dialektikani inkor etmaydi, balki uni to'ldiradi. Bizning borliqni to‘laroq, chuqurroq tushunishimizga imkon beradi. Xullas, sinergetika — olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqyealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to’ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o’laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo’q emas.Sinergetikada bifurkasiya, fluktuasiya, tartibsizlik, dissipasiya, g’alati attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining,


Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish