Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash Mavzuga doir masalalar:
4,48 l (n.sh) azotning massasini hisoblang.
5,6 l (n.sh) argonning massasini hisoblang.
2,8 l uglerod (II) oksidi necha gramm keladi?
20 g argon tarkibidagi molekulalar sonini toping.
4 g metan tarkibidagi molekulalar sonini toping.
V Yangi mavzu bayoni
Ekvivalent teng qiymatli degan ma’noni bildiradi.Kimyoviy reaksiyalarda moddalar o‘zaro bir-birlari bilan ekvivalent og‘irliklariga mos ravishda ta’sirlashadilar.
Elementlarni ekvivalent (E) og‘irligini topish uchun element atom og‘ir- ligini (A) uning valentligiga (V) bo‘linadi:
E - ekvivalent A - atom massasi (g) V- valentlik
Endi shu formula orqali kislorod moddasining tarkibidagi kislorod atomi ekvivalentini topamiz:
Kislorod elementining atom massasi 16 ga teng. Kislorod molekulasida kislorodning valentligi 2 ga teng ( O=O).
A 16
E(O) = = = 8
v 2 8
Vodorod moddasidagi vodorodning ekvivalentini topamiz:
Vodorodning atom massasi ham valentligi ham 1 ga teng. Demak uning ekvivalent massasi ham 1 ga teng ekan.
A 1
E(H) = = 1
V 1
Biror elementni - 1 og‘irlik qism vodorod yoki 8 og‘irlik qism kislorod bilan qoldiqsiz ta’sirlashadigan massasiga shu elementning ekvivalent og‘irligi deyiladi.
Ko‘p elementlar turli nisbatlarda bir-birlari bilan birikib bir nechta birikma hosil qiladilar. Masalan, SO2 va SO3; Bu birikmalarda oltingugurtning valentlik qiymatlari turlicha. Shuning uchun ularning ekvivalent og‘irligi ham turlicha bo‘ladi.
Oltingugurt (IV) oksidi va oltingugurt (VI) oksidining tarkibidagi oltingugurt atomining ekvivalentini hisoblab ko‘rsak: SO2 da S valentligi 4; atom massasi 32
E (S) = = -32- = 8
4
SO3 da S valentligi 6; atom massasi 32
Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentini topishni ko‘ rib chiqsak:
Oddiy moddalarning ekvivalenti uning atom massasini valentligiga nisbati asosida topiladi. Masalan:
Xlor moddasi tarkibidagi xlorning ekvivalentini topamiz:
Xlorning atom massasi 35,5 ga teng. Xlor molekulasida xlorning valent- ligi 1 ga teng (Cl-Cl). (Izoh: galogenlar ya’ni F2; Cl2; Br2; J2 molekulalari I valentlikni namoyon qiladilar)
A 35 5
E(Cl) = = ------= 35,5
V 1
IV Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
Quyidagi birikmalarning ekvivalentini aniqlang: Br2, I2, SiO2;Cl2O7; HNO2; H2S; H2SO3; MgSO4; КСЮ3; PbO2; Ca3(PO4)2.
Quyidagi azot oksidlari tarkibidagi azotning ekvivalentini aniqlang: NO, N2O3, NO2.
Suyultirilgan sulfat kislotada 1,68 g metall erigan bo‘lib, 4,56 g sulfat tuzi hosil bo‘ladi. Metallning ekvivalentini aniqlang.
9,25 g Ca(OH)2 8,167 g noma’lum kislota bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum kislotaning ekvivalentini aniqlang.
10,4 g Al(OH)3 25,2 g noma’lum kislota bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum kislotani aniqlang.
29,4 g H2SO4 20,6 g noma’lum asos bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum asosning ekvivalentini aniqlang.
Noma’lum metallning 5,64 g nitratli tuzi sulfat kislota bilan ta’sirlashib shu metallning 4,8 g sulfatli tuzi hosil bo‘ldi. Metallning ekvivalentini aniqlang.
0,24 g metall yopiq idishda yondirilganda shu metallning oksidi hosil bo‘ldi. Normal sharoitga keltirilgan gaz hajmi 112 ml kamaydi. Metallning ekvivalentini toping.
V Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |