2. Aleksandriya mayog‘i haqida ma’lumot bering.
Mil. avv. 283-yilda o‘sha zamonning ajoyib mo‘jizasi - Aleksandriya mayog‘i bunyod etilgan. Mayoq kemalarning Aleksandriya shahri bandargohiga kirish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Mayoqning balandligi 120 metr edi. Uning eng yuqori qismi gumbaz bilan qoplandi. Gumbazning ustiga «dengiz xudosi» Poseydonning 7 metrlik haykali o‘rnatildi. Gumbazni sayqallangan granit (tog‘ jinsi) ustunlar ushlab turgan. Uning ustki qismida kechasi bilan yonib turgan mayoq olovi dengizchilarga uzoqdan ko‘rinib turgan. Mayoq atrofni kuzatish nuqtasi vazifasini ham bajargan.
3. Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni.
Jaloliddin Manguberdi (to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198-1231) – Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori (1220-1231), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi hukmronligi, uning mo‘g‘ul istilochilariga qarshi qahramonona kurashi hamda G‘arbiy Osiyo sarhadlaridagi faoliyatini uning shaxsiy kotibi (kotib al-insho), tarixchi Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Siyrat assulton Jalol adDin Mengburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) nomli asar alohida kuzatishimiz mumkin. Nasso (Niso) viloyatidagi qal’alardan birining sohibi bo‘lgan Nasaviy 1224-yilda xizmat yuzasidan Iroqqa borib qoladi va o‘sha yerda Sulton Jaloliddinning xizmatiga kiradi. Shundan e’tiboran u Jaloliddinning ishonchli mulozimlaridan biriga aylanib, to 1231-yilgacha, ya’ni Jaloliddinning vafotiga qadar u bilan birga bo‘ladi. Nasaviy o‘z qahramonini yaqindan bilgan, asarida bayon topgan voqea-hodisalarining aksariyatida bevosita ishtirok et gan yoki shohid kishilarning xabarlariga tayangan, eng muhimi, xolisona va haqqoniy fikr bildirgan, bular asarning ilmiy qimmati hamda ishonchlilik darajasini oshiradi. Muallif o‘z asarini bitishga Jaloliddin vafotidan qariyb 10 yil o‘tgandan so‘ng 1241-yilda kirishgan. Muhim manbalardan yana biri mash hur tarixnavis Ibn al-Asirning “al-Komilfit-tarix” (“Tarix haqida mukammal kitob)” asaridir. “Al-Komilfit-tarix” Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixining islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘lgan davr haqida ma’lumot beruvchi eng qim matli manbalardan biri sanaladi. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng o‘rin ajratadi va ko‘pincha o‘zining muhim va aniq ma’lumotlari bilan boshqa manbalarni sezilarli darajada to‘ldiradi. Jaloliddin Manguberdi haqida muarrix va yirik davlat arbobi Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan yozilgan “Tarixi jahon kushoy” (“Jahon fotihi tarixi”) asari muhim manbalardan biri sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, Mirxond “Ravzat us-safo”, Mirzo Ulug‘bekning “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) asarlarida Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan. U haqdagi ma’lumotlar, shuningdek, xitoy, mo‘g‘ul, arman va boshqa tillardagi manbalarda ham uch raydi. Mashhur shoir va adib Maqsud Shayxzoda 1944-yilda “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini yozgan. Adib asarida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining
jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. O‘zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Man gu berdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi haqida video film, doston, pyesalar yaratildi, 2000-yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |