2. Toj Mahal me’moriy obidasi haqida ma’lumot bering.
Agradagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumand Bonu begimga (Mumtoz Mahal begim) atab vafotidan (1631 y. 17 iyun) soʻng qurdirgan. Keyinchalik oʻzi ham shu yerga dafn qilingan. Obida qurilishida 28 yil Movarounnahr va Xurosonning eng atoqli minglab usta-me’morlarining xizmatlari singgan. Toj Mahal yodgorligi Shoh Jahonning suyukli zavjasi Mumtoz Mahal Begim xotirasiga bag‘ishlab qurilgan. Toj Mahal 1632-1653 yillar orasida hozirgi Hindistonning Agra shahrida bino etilgan bo‘lib, uning qurilishida 22000 usta hamda 1000 ta fil qatnashgan. Toj Mahalda barcha narsa simmetrik qilib qurilgan. Faqat ikki qabr ikki hil kattalikda qurilgan bo‘lib, erkak kishining qabri ayol kishinig qabridan kattaroq. Maqbara (loyiha meʼmori Usta Ahmad Lahori) turk meʼmori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa (104x04x7 m) ustiga qurilgan. 4 burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga oʻzgacha husn bagʻishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalar)dan qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravoqli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yoʻlka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, oʻyma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. Oʻrtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sagʻana (Shri Lankadan keltirilgan) qoʻyilgan. Tojmahalning beqiyos husni bogʻning janubiy darvozasi orqali koʻzga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki Oʻrta Osiyo, Eron, Vizantiya meʼmorlarining oʻziga xos uslublari oʻz ifodasini topgan. Maqbara qurilishida gʻisht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda koʻpgina naqqosh va xattotlar qatorida buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan. Binonig asosiy zinapoyasi o‘rta osiyolik Bekzod hunarmand tomonidan loyihalashtirilgan. Binoga 28 hil qimmatbaho va turli hil boshqa yarim qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan edi. Ingliz Hindistonga bostirib kelgan davrda ushbu qimmatbaho toshlarni talon-taroj qiladilar. Toj Mahal tong saharda pushti, kunduzi sutday oq, tungi oy yorug‘ida esa oltinrang bo‘lib ko‘rinadi. Toj Mahal ustunlari zilzila paytida qabrlar ustiga qulamaydigan qilib qurilgan. Ushbu binoda barcha maqsadlarga mo‘ljallangan qurilmalar bo‘lib, uning ichidagi hammom alohida o‘rinni egallaydi. G‘aroyib tomoni shundaki, hammom bitta sham bilan isitilgan. Olimlar bu sirni ochish uchun ko‘p yillar mobaynida tahlil o‘tkazib, hammom qozonxonasining tepa qismi, atrofi, devorlari simmetrik ravishda bo‘lgan yorug‘likni o‘ziga qabul qilib, uni issiqlik energiyasiga aylantirib beradigan kuchli quvvatga ega bo‘lgan oynavand linza moslamalaridan tashkil topganligini, linzalarning joylashtirilishidagi mutanosiblik hatto bir millimetrga ham farq qilmasligini aniqlaganlar. Yorug‘lik to‘qqiz karra bo‘yicha sinib tushib, geometrik progressiya shaklida to‘qqiz marta to‘qqiz karra to‘qqizga ko‘paytirish quvvatiga ega bo‘lgan, bitta shamning yorug‘ligi natijasida 80-1000 Selsiy issiqlik darajasini bergan. Inglizlar Hindistonni istilo qilgan davrlarda bu sirni ochish maqsadida ushbu oynalarni va g‘ishtlarni alohida-alohida ajratib olganlar, natijada qayta joyiga qo‘yilganda isitish quvvati yo‘qolgan va o‘z xoliga qaytmagan. Shoh Jahon daryoning boshqa tarafida qora marmardan yana bir Toj Mahal qurishni rejalashtirgan edi. Lekin, o‘g‘li bilan boshlangan urush natijasida qurilish ishlari boshlanmay qolib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |