3. Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati.
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) - Turkiston oTkasida ozodlik, millat kelajagi uchun ku-rashgan ma’rifatparvar siyosiy arbob, jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri. 1904-yildan boshlab oTkadagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisi. U jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan. Munavvarqori maktablar uchun «Adibi avval»,«Adibi soniy», «Yer yuzi» kabi darsliklarni yaratdi.
35-bilet
1. Ivan Grozniy islohotlari.
Ivan IV ichki siyosatining asosiy vazifasi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirishdan iborat edi. Shu maqsadda 1549-yilda Ivan IV birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘ilishini - Zemstvo soborini chaqirdi.Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi. Sobor yangi Sudebnik tuzish haqida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni ayblari va nojo‘ya qilmishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. Dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib beriladigan bo‘ldi. Davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‘lganlar egallashi tartibiga ham chek qo‘yildi. Boyarlarning o‘zlari uchun aholidan yig‘adigan soliqlar bekor qilindi. Joylarda boyarlar boshqaruvi o‘rniga Zemstvo (mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) tuzildi. Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun - 26-noyabr bilan cheklab qo‘ydi. Boyarlar hokimiyatiga zarba berish maqsadida 1565-yilda Ivan IV davlat yerlaridan katta qismini ajratib oldi. Bu yerlar oprichnina deb ataldi. Boyarlarning yerlari ham oprichninaga qo‘shib yuborila boshlandi. Oprichnina podsho yerlari deb ham atalib, ularga dvoryanlar joylashtirildi. Oprichnina yerlari ularga bo‘lib berildi. Endi ular dvoryan oprichniklar deb atala boshlandi. Binobarin, oprichnina
yerlarning podsho hokimiyatining tayanchi bo‘lgan dvoryanlar foydasiga qayta taqsimlanishi ham edi. Ivan IV bundan buyon boyarlarni Boyarlar dumasisiz o‘zi sud qilishini va o‘zi jazo belgilashini e’lon qildi. Davlat yerlarining oprichninaga tortilmagan qismiga katta miqdorda soliq joriy etdi. Oprichnina o‘z qo‘shiniga ega bo‘ldi. U podshoning o‘z raqiblarini jazolash quroliga aylantirildi. Oprichnina boyarlar va feodal tarqoqlik qoldiqlariga kuchli zarba berdi. Ayni paytda, oprichnina mamlakat xo‘jaligiga katta talafot yetkazdi. Nafaqat boyarlar, o‘n minglab oddiy odamlar ham qurbon bo‘ldi. Bu esa jamiyatning turli qatlamlarida oprichninadan norozilikni kuchaytirdi. Natijada Ivan IV 1572-yilda oprichninani bekor qilishga majbur bo‘ldi. Krepostnoylik tartiblari yanada kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |