1- mavzu: Iqtisodiy geografiya fanining



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/198
Sana01.01.2022
Hajmi1,39 Mb.
#303255
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   198
Bog'liq
iqtisodiy geografiya

Transporti.
  Maydoni  juda  katta  bo„lgan  mamlakat  doirasida 
transportning  ahamiyati  juda  katta.  Qozog„iston  Respublikasida 
rivojlangan  temir  yul  transporti  shakllangan  bulib,  uning  uzunligi  14 
ming km.ni tashkil qiladi. Ilk bor qurilgan temir yullarga Petropavlovsk 
-  Borovoye  yuli  kiradi.  1930  yilda  Turksib  temir  yuli  ishga  tushirilib 
(uning  uzunligi  1445  km),  bu  yul  Sibir  va  O„rta  Osiyoni  bir-biri  bilan 
bog„langan.  Keyinchalik  Petropavlovsk  -  Borovoye  temir  yuli 
Qaraganda  va  Balxashgacha,  keyin  Mointadan  Chuygacha  yetkazildi. 


 
123 
Shu  bilan  birga  Jarik  -Jezqazgan,  Gurev  -  Kondagach  -  Orsk,  Janubiy 
Sibir magistrali qirildi. 
Oxirgi paytlarda O„rtasibir magistrali (Kustanay -Kokchetav -Irtish 
-  Karasuk);  Beyneu  -  Qo„ng„irot  va  Makat  -Aleksandr  Gay  Markaziy 
Osiyoni va Yevropani bog„lovchi temir yo„l qurildi. 
Qozog„istonning  yuk  tarkibini  asosiy  qismini  toshko„mir  (30%) 
qurilish materialari (23%), rudalar (20%), don mahsulotlari (7%) tashkil 
qiladi. 
Mamlakatda  shuningdek  avtomobil  yo„llarining  qurilishi  katta 
ahamiyatga ega (bu yerda 40 ming km dan ortiq yo„l qo„rilgan). Asosiy   
yo„l      magistrallariga      Olma-Ota-Beshkek-Shimkent-Toshkent;Olma-
Ota-Taldi-Qo„rg„on-Ust-Kamenogorsk;  Semipalatinsk  -  Pavlodar  - 
Omsk. 
Suv transporti Qozog„istonning  ayrim  qismlarida  mavjud-  Balxash 
ko„lida,  Irtish,  Sirdaryo,  Ili  va  Ural  daryolarida.  Quvur  transporti 
Qozog„istonda ancha rivojlangan bo„lib, G„arbiy Qozog„istondagi Embe 
neft  havzasidan  Gurev  va  Orskgacha  Mangishloqda  quvurlari 
yotqizilgan.  Uzen  -  Gurev  -  Sizrangacha  qurilgan  quvurda  juda  quyuq 
neft 
yuboralib, 
mahsulot 
yuborilguncha 
65°  isitishni  talab 
qiladi.Respublikada shuningdek havo transporti yaxshi rivojlangan.  
Turmaniston  Respublikasi  xo„jaligining  rivojlaiishida  transport 
qurilishining ahamiyati katta. Kavkaz orti respublikalari bilan Markaziy 
Osiyo  davlatlarini  bog„lovchi  Turkmanboshi  porti  (Krasnovodsk) 
dengiz  transporti  vazifasini  bajarib  turadi.Janubiy  Turkmanistondan 
o„tuvchi  g„arb  bilan  sharqni  bog„lovchi  Markaziy  Osiyo  temir  yuli 
tranzit ahamiyatga ega bo„lib, bu yo„l shuningdek Kavkaz orti va Sibiri 
bir - biri bilan bog„laydi. 
1962  yilda  Krasnovodsk  -  Baku  paromi  ochildi  va  bu  portdan 
poyezd  orqali  har  hil  yuklar  tashiladigan  bo„ldi.  1948  yilda  qurilgan 
Chordjou  -  Qo„ng„irot  temir  yo„li  Turkmanistoni  quyi  Volga  rayonlari 
bilan  bog„laydi.Janubiy  Turkmanistonda  ayniqsa  avtomobil  yullarning 
zich turi o„tgan.Poytaxtni o„zoq Qoraqum rayonlari va Toshxovuz bilan 
bog„lashda aviatsiya katta rol o„ynadi. 
Qirg„izistoning transport tarmog„ida Lugovaya - Bishkek -Ribache 
temir  yo„lining  qurilishi  respublika  miqyosida  ichki  aloqalarni 
yaxshilaydi.  Mamlakat  ichkarisida,  tog„li  qismlarda  avtomobil 
yo„llarning  ahamiyati  katta.  Bunday  avtomobil  yo„llar  shimol  bilan 
janub o„rtasida Issiq ko„l halqasida va Bishkek-Osh orasida qurilgan. 


 
124 
Keyingi yillarda Farg„ona vodiysidan boshlanadigan Andijon - Osh 
-  Urumchi  avtomobil  yo„llarining  qurilishi  MO  davlatlari  bilan  Xitoy 
o„rtasidagi transport aloqasini yaxshilashda ahamiyati juda katta. 
Tojikiston 
Respublikasida 
ishlab 
chiqarish 
kuchlarining 
rivojlantirilishi o„z navbatida transport turining rivojlanishga olib keldi. 
Respublikada  avtomobil  transporti  ustun  turadi.  Respublika 
doirasida  Osh  -  Xorog,  (butun  Pomir  orqali),  Dushanbe  -  Xorog, 
Dushanbe - Xujakent avtomobil yo„llari qurilgan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish