4. Xo„jaligini joylanish xususiyatlari. Sanoati.
Qozog„iston
respublikasida yoqilg„i sanoati, energetika, qora metallurgiya,
mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmoqlari shakllangan.
Halqaro mehnat taqsimotida Qozog„iston respublikasi rangli
metallurgiya sanoati bilan ya‟ni mis, ko„rg„oshin - rux, alyuminiy, titan
- magniy, shuningdek kambop va nodir metallar ishlab chiqarish bilan
ajralib turadi.
Mis sanoati asosan Jezqazg„on viloyatida joylashgan bo„lib, bularga
asosan Balxash va Karsakpay mis eritadigan zavodlari, Koungrad,
Jezqazg„on, Sayak rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog„istoning
ikkinchi mis havzalari Sharqiy qismida bo„lib, bu yerda Irtish mis
zavodi ishlab turibdi.
119
Qo„rg„oshin rux sanoati Rudali Oltoy va Janubiy Qozog„istonda
joylashgan bo„lib, Oltoydagi eng yirik qo„rg„oshin - rux kombinati Ust-
Kamenogorsk shahrida, Janubiy Qozog„istonda esa Qoratau va Jing„or
Olatauda qazib olinadigan rux asosida Shimkent shahrida qo„rg„oshin
zavodlari mavjud.
Titan va magniy sanoati korxonalari Ust - Kamenogorsk shahrida,
glinozem ishlab chiqariladigan korxona esa Pavlodarda (Ekibastuzda
arzon ko„mir energiyasi bazasida) shakllangan.
Qora metallurgiya bu respublikaning eng yangi tormoqlaridan
hisoblanadi.
Ulug„ Vatan urushi yillarida Temirtauda tuliqsiz metalurgiya zavodi
ochilgan. Keyinchalik Qarag„anda metalurgiya korxonasi tashkil topgan
bo„lib, bu korxona rudani Markaziy Qozog„istondan va Kustanay
viloyatidan oladi.
Kustanayda
juda
yirik,
respublika
-metallurgiya
bazasini
rivojlantiradigan - temir ruda bazasi vujudga kelgan. Shuningdek,
Sokolo va Sarboyda tog„-kon metallurgiya kombinati, Lisakova va
Kocharsk kombinatlari ishlab turibdi.
Qozog„iston Respublikasida shuningdek ko„mir sanoati rivojlangan
bo„lib, eng yirik havzalari Qaraganda konidir. Bu yerda toshko„mir va
kokslanuvchi ko„mir qazib olinadi.
Ekibastuz ko„mir havzasining ahamiyati ham tabora o„sib ketayapti,
bu yerda qazib olinadigan ko„mir ochiq usulda qazib olinib, uning
tannarxi juda arzon. Ekibastuz ko„miri elektroenergiya olish uchun
xomashyo sifatida ishlatiladi.
Qozog„iston respublikasida neft sanoati asosan 1911 yillardan
boshlab o„zlashtirilishi boshlangan, Emben havzasida. Ulug Vatan
urushi yillarida esa Ural - Emben rayonidan neft transportirovka qilish
maqsadida Gurev - Orsk neft quvuri ishga tushirildi.
1975 yildan boshlab esa, Janubiy Mang„ishloq va Shimoliy
Ustyurtda yangi neft havzalari ishga tushdi.
Mamlakat
elektroenergetikasining
aksariyat
qismi
issiqlik
elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Eng yirik elektrostansiyalar
Olma-Ota, Qaraganda,. Petropavlovsk,Jambul, Shimkent, Pavlodar
shaharlarida kurilgan. Irtish daryosida Ust-Kamenogorsk va Buxtarma
GESlari qurilgan. Issiklik elektrostansiyalarning ichida eng yirik -
Yermak GRES hisoblanadi, quvvati - 2,4 mln. kvt.s
120
Qozog„istondagi mashinasozlik tarmog„i asosan ehtiyoj omili
asosida rivojlanib ko„proq ishlab chiqarish vositalarini ishlab
chiqarishga qaratilgan.
Bu yerda tog„-kon mashinasozligi (Qaraganda), neft sanoati uchun
asbob uskunlar ishlab chiqarishi (Gurevda), og„ir mashinasozlik (Olma-
Otada) va boshqa tormoqlar tashkil topgan.
Kimyo sanoati esa mamlakat hududidagi kimyo xom ashyolari -
fosforit, turli tuzlar, tabiiy gaz negizida rivojlangan. Bu tarmoqning
asosiy sohasi - fosfat o„g„itlarini ishlab chiqarish. Shuningdek, soda
ishlab chiqarish yaxshi yo„lga quyilgan. Mamlakat yengil sanoati
doirasida quychilik, junchilik, tuqimachilik tarmoqlari
yaxshi
rivojlangan.
Ip-gazlama
kombinatlari
Shimkent
va
Olma-Ota
shaharlarida joylashgan.
Turkmaniston respublikasining asosiy tarmoqlari neftni qazib olish
va qayta ishlash bilan bog„liq va bu soha respublika og„ir sanoatini
vujudga keltirgan.
Neft qazib olinadigai asosiy rayon Nebitdag bo„lib, bu shahar quvur
bilan Turkmanboshi (Krasnovodsk) shahri bilan bog„langan. Chunki, bu
yerda neftni qayta ishlash korxonasi mavjud. Neft qayta ishlaydigan
ikkinchi shahar bu Chordjuydir. Chordjuyda shuningdek, mineral
o„g„itlarini ishlab chiqaruvchi korxona qurilgan.
Shu bilan birga respublikada qishloq mahsulotlarni qayta ishlovchi
paxta tozalaydigan va yog„ ishlab chiqaridigan tarmoqlar bor. Ular
Mari, Bayram - Ali, Chardjou, Tashxovuz, Ashg„abad shaharlarida
joylashtirilgan. Jun va ipak sanoati - Ashg„abad va Chordjouda,
gilamchilik - Kerki, Kazondshikda juda yaxshi rivojlangan.
Qirg„iziston Respublikasida qishloq xo„jaligi sanoatdan ustun
tursada, tabiiy resurs imkoniyatlari bir xil sanoat tarmoqlarini vujudga
kelishda katta ahamiyat kasb qiladi. Bu yerda qishloq xo„jaligi
mashinasozligi yaxshi shakllangan. Suv resurslari asosida Norin
daryosida Tog„tagul GESining bir nechta quvvati ishga tushirilgan.
Shuningdek oziq - ovqat sanoatining tarmoqlari -go„sht ishlab
chiqarish, shakar, vinochilik, tamakichilik bo„lib, bu korxonalar ishlab
chiqargan mahsulotni MO davlatlariga ham eksport qilmoqda. Yengil
sanoatda esa paxta tozalash, ipakchilik, qo„ychilik, konop ishlab
chiqarish tarmoqlari shakllangan.
Tojikiston sanoati ko„proq qishloq xo„jaligi mahsulotlarini qayta
ishlashga ixtisoslashgan bo„lib - to„qimachilik, konserva sanoati yaxshi
121
rivojlangan. Shuningdek, rangli metallurgiya, mashinasozlik, ximiya
sanoatlari ham shakllanmoqda.
Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES negizida Tursunzoda
alyuminiy zavodi respublika rangli metallurgiya tarmog„ining eng
yetakchisi
hisoblanadi.
Shuningdek
Yavanda
qurilgan
elektroximkombinati ximiya sanoatiga asos soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |