Asosiy iboralar va tushunchalar
Talab - aholini pul mablag‘lari bo'lgan sharoitda tovarlarga bo'lgan bozordagi ehtiyojini ifodalash shakli.
Talab hajmi - alohida kishilarni, kishilar guruhi yoki butun aholini ma’lum sharoitlarda, vaqt birligi ichida (kun, oy, yil) ma’lum miqdordagi tovarni xarid qilish uchun bo'lgan ehtiyoj.
Talab funksiyasi - talab hajmini uni belgilovchi omillarga bog'liqligi.
Talab qonuni - baho bilan talab hajmi o'rtasidagi teskari bog'liqlik. Baho oshsa talab kamayadi, baho pasaysa talab oshadi.
Daromadning foydaliligi — nisbatan tovarlar narxi ancha kam bo'lganda kishilarni shu tovarlarni ko'proq xarid qilish mumkinligi.
Taklif hajmi — sotuvchi yoki bir guruh sotuvchilarni vaqt birligi ichida ma’lum sharoitlarda bozorda ma’lum turdagi va miqdordagi tovari sotishga bo'lgan xohishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |