Lizing firmalari. Lizing bu ijaraning o'ziga xos shaklidir. Quv- vatliroq firma boshqa moliyaviy mablag‘lari kamroq bo‘lgan korxonaga shartnoma asosida ma’lum muddatga dastgohlar, mashinalar va boshqa mol-mulklar beradi va ijara muddati tugagandan so‘ng ijaraga olgan tomon bu mablag'larni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Lizing firmalari o‘zlari kiritgan mablagiari hisobiga lizing olgan tomondan lizing to'lovlari oladi.
Injiniring firmalari. Bular obyektlar yoki qurilmalarni foydalanish uchun topshiradigan yoki birinchi partiya mahsulotini chiqarishga tayyorlab beruvchi loyiha, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |