0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Xususiy mulk daromad topishga qaratilgan mulkdir. Shaxsiy va xususiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deb yuritiladi



Download 1,69 Mb.
bet73/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   288
Xususiy mulk daromad topishga qaratilgan mulkdir. Shaxsiy va xususiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deb yuritiladi.

Shaxsiy mulk xususiy mulkka aylanishi mumkin. Agar bir kishining topgan puli iste’mol uchun ishlatilsa u shaxsiy mulk bo‘ladi. Agar shu kishi o‘z puliga aksiya olib, undan daromad topsa — bu xususiy mulk hisoblanadi.

0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘r- satilishicha: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 0‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi».

«0‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasining qonuni (1990-yil 31-oktabr)ning 5-moddasi — «Mulk shakllari» deb yuritiladi. Shunga ko‘ra, 0‘zbekiston Res­publikasida mulk quyidagi shakllarda bo‘Iadi:

  • xususiy mulk;

  • shirkat (jamoa) rnulki. Bularga oila mulki, mahalla mulki, shuningdek, kooperativlar, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jarnoa tashkilotlari, diniy tashkilotlar, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyaiar, yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o‘z ichiga oladi;

  • ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;

  • aralash mulk;

  • boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxs- larning mulki.

Mulkchilik shakllarining mohiyatini shu davrdagi kishilaming ishlab chiqarish munosabatlari belgilaydi. Kishilarning buyumlarga yoki mulkka bo‘lgan munosabati ularni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish, undan foydalanish jarayonida yuzaga keladi. Mulkchilikning mohiyati ham shundadir.

Mulkiy munosabatlar — ishlab chiqarish vositalari (texnika, texnologiya, xomashyo materiallari va h.k) va ularning yordamida yaratilgan mehnat mahsulini o‘zIashtirish borasidagi kishilarning o‘zaro munosabatlaridir. Boshqacha aytganda, mulk jamiyatdagi mavjud moddiy ne’matlarni o‘zlashtirishning ma’lum tarixiy ijtimoiy shakli. Mulk iqtisodiy kategoriya sifatida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tasfikil qiladi, ularning xususiyatini belgilab beradi. Mulk, tarixan olganda, jamoa mulki sifatida yuzaga keladi, so‘ng xususiy mulkka aylanadi va nihoyat, mehnatkashlar uyushmasi mulkiga o‘sib o‘tadi.

Mehnatkashlar uyushmasining o‘zlari ham, mulk egasi ham ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bunday mulk shakli ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikishini ta’minlaydi, ekspluatatsiyani inkor etadi. Mulk obyekti bo‘Iib inson yaratgan moddiy-ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli va mehnat resurslari (ishchi kuchi) xizmat qiladi.




Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish