0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqarish va korxonalarni yiriklashtirish raqobat va bozor mexanizmini bo‘shashtiradi



Download 1,69 Mb.
bet241/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   288
Ishlab chiqarish va korxonalarni yiriklashtirish raqobat va bozor mexanizmini bo‘shashtiradi. Raqobatda eng kuchlilar qolib keladi. U yangidan yangi bozorlarni zabt etib kattalashib boradi va raqobatda unga teng keladiganlar qolmaydi. Raqobat hodisalar rivojini o‘z-o‘zidan tugatililishiga olib keladi.

Bunday jaranni mavjudligi so‘zsiz. Gigant-monopolistlarda servis xizmatlari qoniqarsiz, bahosi yuqori, ish sifati past ekanligini guvohi bo‘lamiz. Jamiyat rivojining hozirgi davrida biz umuman bozor tizimining afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslab ko‘rib, uning ustun tomonlari ko‘pligini tan olishimiz kerak.

Demak, davlat (xukumat) raqobatchilikni himoya qiladi va bozor tizimi faoliyatini kuchaytirishning huquqiy bazasini yaratadi.

Takomillashmagan bozor sharoitidan kelib chiqadigan davlatning bozor iqtisodiyoti tizimidagi eng asosiy vazifalari shulardan iborat, amalda ularni hammasini sanab ko‘rsatish qiyin. Lekin davlatni iqtisodiyotga aralashuvining chegarasi bo‘lishi kerak. Davlat aralashuvi butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgarishiga, xo‘jalik mexa- nizmining samaradorligini kamayishiga sabab bo‘lmasligi kerak.


    1. Oligopoliya va korxonalarning oligopoliya sharoitidagi xatti-harakatlari

Nisbatan kamroq firmalar hukmron bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bozoridagi tarmoq oligopoliya tarmog'idir. «Bir nechta firmalar» deganda nima nazarda tutiladi? Buni aniq aytish qiyin, chunki oligopoliyaning bozor modeli bir tomondan, sof yakka hokimlik bilan, ikkinchi tomondan, yakka hokimlik raqobati oraligidagi keng doirani qamrab oladi. Masalan, oligopoliya AQSHning qo‘rg‘oshin sanoatini o‘z ichiga oladi. Unda milliy bozorning hammasida atigi uchta firma hukmronlik qilish qobiliyatiga ega. Oligopoliya o'rtacha shaharning neft mahsulotlari bozorining yarmisini 10 yoki 15 ta benzin tofidirish stansiyalarini egallashi mumkin. Oligopoliya o‘xshash (bir xil) yoki diferensiatsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, ya’ni oligopoliya sanoatida standartlashtirilgan yoki diferensiatsiyalashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi mumkin. Ko‘pgina sanoat mahsulotlari: qo‘rg‘oshin, rux, po‘lat, mis, sement, texnik spirt va boshqalar fizik ma’noda stan­dartlashtirilgan mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Boshqa tomondan oladigan bo‘lsa, ko‘pgina iste’mol tovarlari avtomobillar, pokrishkalar, kir yuvish vositalari, sigareta, uy-ro'zg‘or mahsulotlari, elektr asboblari, oziq-ovqat ishlab chi- qaaivchi ko‘pgina tarmoqlar differensiatsiyalashtirilgan oligopoliya bo'ladi.

Korxonalarninng oligopoliya sharoitidagi


xatti-harakatlari

Uncha yirik bo'lmagan firma yoki korxonalar o‘rtasidagi raqobat ularning o‘zaro bogfiiqlik omilini keltirib chiqaradi. Masalan, «qan- daydir uch xil A,B,B yengil avtomobil firmasining har biri o‘z mahsuloti bo‘yicha bozorning uchdan bir qismini egallagan» bo'lsin. Shunda A firmasi tovar narxini tushirsa, uning bozordagi salmog'i ortadi. Lekin A firma tomonidan narxning 15% tushirilishi В va D firmalar holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ko‘proq va yoqimsiz ta’sir etadi. Demak, В va D firmalar tomonidan A firmaning xatti-harakatiga ma’lum darajada reaksiya bo‘lsa, В va D firmalar ham o‘z tovarlari narxini A firma tovari narxiga muvofiq 15% yoki 10% darajada sotishib, shu bilan baho urushiga kirishlari mumkin.

U holda hamma yengil avtomobil firmalari mashinani ko‘proq sotsalar ham, bahoni pasayishi hisobiga oladigan foydalari kamayadi. Shuning uchun oligopoliya tarmogfida hech qanday firma o‘z raqo- batchilari javob berish harakatlarini hisobga olmay turib o‘zining baho siyosatini o‘zgartirmaydi. Oligopolist uchun baho belgilashda eng muhimi - xarajatlar, mahsulotga bo‘ladigan talab, shu bilan birga raqobatchilarning reaksiyasi. Raqobat va qaror qabul qilish o'zgarib turuvchi jarayon.

Bu yerda o‘yinchilar o‘z xatti-harakatlarini raqiblarining harakatlari va kutilayotgan reaksiyalariga muvoflqlashtirib tanlab olishlari zarur. Shuni ta’kidlash kerakki, kamchilik va shundan kelib chiqadigan baho siyosatini o'zgartirgan chog‘dagi xatti-harakatlari, shunga javoban firma imkoniyatlarini tosh-taroziga qo‘yish zaruriyati oligopoliya siyosatining yagona xususiyatidir. Haqiqatan ham oligopoliya yashashini aniqlashning eng ko‘p to‘g‘ri keladigan ta’rifi quyidagicha bo‘ladi:

Yetarli darajadagi ishlab chiqarish samaradorligini faqat ishlab chiqaruvchilar soni kamroq bofigandagina ta’minlash mumkin. Bosh- qacha qilib aytganda, samaradorlik har bir firmaning ishlab chiqarish quwati umumiy bozorning kattagina salmog‘ini egallashini talab etadi. Demak, ishlab chiqarishni ATC-2 gacha kengaytirish lozim (71- chizma).





Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish