Bozor iqtisodiyoti mikroiqtisodiy muvozanatni doimiyligini ta’minlay olmaydi, ayniqsa, investitsiyaga bo'lgan talab bilan jam- g‘armalar taklifl o‘rtasida. Bunday muvozanatni qo‘llab-quwatlashga qaratilgan siyosatni faqat davlat amalga oshiraoladi.
Bozor mexanizmi xalqaro munosabatlarda ayrim mamlakatlar iqtisodiy manfaatlarini amalga oshiraolmaydi. Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, boshqarish davlat tomonidan amalga oshirish obyektiv zaruriyatdir.
Bozor tipidagi iqtisodiyot inflatsion jarayonlarsiz rivojla- naolmaydi. Demak, davlat inflatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti davlat aralashuvisiz iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanishni ta’minlayolmaydi.
Bozor tizimi foydani maksimallashtirishga yo‘naltirilgan boMganligi uchun, o‘z ichidan monopol hokimlikka moyillik bor. Bu esa resurslarni oqilona taqsimlashga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |