0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Baxtga qarshi daromadni qayta taqsimlashning barcha dasturlari qimmat turadi. Soliqlar ham kishilarning mehnat qilishga bo‘lgan



Download 1,69 Mb.
bet249/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   288
Baxtga qarshi daromadni qayta taqsimlashning barcha dasturlari qimmat turadi. Soliqlar ham kishilarning mehnat qilishga bo‘lgan

qiziqishini pasaytiradi yoki firmalarni soliq to‘lamaslikka, foydani berkitishga bo'lgan harakatini kuchaytiradi. Shuning uchun barcha muammolar haqqoniylik va samaradorlik mezonlari o‘rtasidagi kelishuv asosida hal etiladi. Demak, ijtimoiy samaradorlik iste’molchilarning manfaatdorligini ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yax- shilash va shu kabilardan iborat.

  1. Xususiy va umumiy muvozanat to‘g‘risida tushuncha

Shu vaqtgacha bozorlami bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda alohida o‘rganib kelindi. Lekin bozorlar bir-birlari bilan bog‘liq. Bir bozqrdagi holat ikkinchi bozorning holatiga ta’sir etadi. Masalan, tovar bo- zoriga, sotiladigan tovar hajmiga va h.k. Bunga sabab — bir tovar ikkinchi bir tovami ishlab chiqarish uchun vosita resurs bo‘lib xizmat qiladi yoki ikki xil tovar bir-birining o‘rnini bosa oladi, to‘ldiradi. Masalan, tayyor charmdan poyabzal ishlab chiqariladi yoki shakar o‘zi tovar bo‘lsa-da, uning bir qismi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yoki un, non ishlab chiqarishda vosita resurs hisob- lanadi. Bunday misollami behisob keltirish mumkin. Ko‘miming o‘miga gaz ishlatish, temirning (cho‘yan, po‘lat) o'miga zamonaviy yengil, pishiq, arzon plasmassalar va shunga o‘xshash kimyoviy buyumlami ishlatish bilan iqtisodiyotni resurslarga bo‘lgan talabini qondirib borish mumkin. Demak, bozorlar bir-birlari bilan bog‘liq, ular bir-birlariga ta’sir etadilar. Umumiy muvozanatni o'rganishda ana shunday bog‘- liqliklar tahlil qilinadi.

Takomillashgan raqobat uchun tegishli bo'lgan sharoitlaming bitta- ikkitasi buzilsa ham bozor iqtisodiyoti yaxshi natija bermaydi; daro- madni taqsimlashda noxush holatlar paydo bo'ladi.

Taqsimlashda nohaqliklar paydo bo'lsa, daromadni qayta taq­simlashda davlat aralashib yordam beradi. Bu mavzuda yana iqtisodiy samaradoriikni oshirishning shart-sharoitlari o'rganiladi.

Bir xil tovaming bozordagi muvozanati «Talab va taklif nazariyasi» mavzusida ko'rilgan edi. Muvozanat holatini shu tovarga bo'lgan talab va taklif belgilaydi. Lekin bunda boshqa tovar bozoridagi holat mutlaqo hisobga olinmagan edi. Tovarlar o'rindoshligi bir-biriarining o'mini to'ldira olishi to'g'risidagi ma’lumot borasida shunday savol tuqilishi mumkin:

«Muvozanatni o'rganishda boshqa tovarlar bozoridagi holatni hisobga olmaslik to'g'rimi?» Axir tovarga bo'lgan talab faqat uning bahosiga emas, balki o'mini bosa oladigan, to'ldira oladigan boshqa tovarlar bahosiga ham bog‘liq-ku. Xuddi shunday tovar taklifi ham shu holdagi tovarlar bahosiga, ishlab chiqarish resurslariga bog‘liq boladi. Ko‘rinib turibdiki, bir tovarning bozordagi muvozanatining buzilishi boshqa ko‘pgina bozorlaiga ta’sir etadi va shu tovar bozori o‘ziga yarasha javob qaytarishi lozimdir. Gap faqat bunday ta’sirning kuchida. Ba’zi hollarda ularning ta’sir kuchi shunchalik kamki, tahlil natijalariga zarar yetkazmagan holda ularni inobatga olmasa ham bo‘ladi. Ba’zan ularni hisobga olish shart. Iqtisodiy muvozanat muammosiga yondoshishda ikki xil yo‘l bor:


  1. Xususiy muvozanat. Bunda bir, ikki, uch va h.k. bozorlar bir- birlariga bog‘liq bo'lmagan holda, alohida-alohida iqtisodiyotning boshqa sohalaridan ajralgan holda o'rganiladi;

  2. Umumiy muvozanat. Bunda iqtisodiy tizim uning barcha ichki bog'liqliklari va o‘zaro ichki ta’siri bilan birgalikda butunicha o‘rganiladi. Наг bir holatda tahlil qilish usullarini tanlash izlanishning maqsadi va aniq bozor holatiga bog‘liq.

Faraz: qandaydir sabablarga ko‘ra, kartoshkaning bahosi ko‘tarilib ketdi. Boshqa shart-sharoitlarni hisobga olmaganda xususiy muvozanat nuqtai nazaridan unga bo‘lgan talab tushib ketishi lozim va haqiqatan ham shunday. Lekin har doim ham shunday bo'ladimi? Agar boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bahosi kartoshkaga nisbatan yanada ko'proq 0^'hsa, unga bo'Igan talab yanada oshib ketishi ham mumkin. Ammo ishlab chiqaruvchilar ham yerlaridan kartoshka ekish uchun foyda- Ianish o‘rniga boshqa xildagi, yanada qimmatroq bo‘lgan mahsulotlami, masalan, sabzi, karam yoki bodring va shu kabilami yetishtirishi uchun foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga kartoshka ishlab chiqaruvchilar daromadining o‘sishi, ular tomonidan ishlab chiqarish resurslariga, masalan, kartoshka yig‘ish kombayniga, xalq iste’mol tovarlariga (kiyim-bosh, mebel va shunga o‘xshashlarga) bo‘lgan talabni oshirib yuboradi. Bunday tovarlarga ham baho ko‘tariladi. Natijada ularni ishlab chiqa- ruvchilaming daromadi ham ortadi. Bunday holat nimaga olib keladi? Bu holdagi va shunga o‘xshash savollarga umumiy iqtisodiy mtivozanatni tahlil qilish miqyosida javob berish mumkin.

Qoida bo'yicha, aniq bozomi o'rganishda xususiy muvozanat nuqtai nazaridan yoki bir qancha o‘zaro uzviy aloqador bo‘lgan bozorlarni tahlil qilib muvafFaqiyatli amalga oshirish mumkin. Masalan, shu tarzda yondoshish umumiy iqtisodiy holatning o‘zgarishi ta’sir etmasdan shu bozorning o'zida sodir bo‘layotgan jarayonlaming mohiyatini bilish uchun zarurdir.

Agar gap bahoni umumiy o‘sishining ta’siri, ish haqining o‘sishi va iqtisodiyotning barcha sohalariga bir xil darajada tegishli bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risida boradigan bo‘lsa, u holda umumiy iqtisodiy muvozanatni tahlil qilishdan boshqa yo‘l qolmaydi.

Umumiy muvozanatga erishish uchun bir-birlari bilan bog‘liq bo’lgan raqobat bozoriga bahoning va hukumat siyosatidagi o‘z- garishlarning ta’sirini o'rganib chiqish zarur. Baho va hukumat siyosati (masalan, soliqlar miqdorini o‘zgartirish) bir bozorga ta’sir qilsa, ikkinchi bozorda ham o‘zgarishlar sodir qiqadi.

Umumiy muvozanatga erishish yo‘lida quyidagi misolni ko‘rib chiqish kifoya. Videokasseta va kino-teatrlarning bozori olinsa, ular o‘zaro bog‘liq. Xususiy videomagnitafonlarning ko'payib borishi «kinoni uyda ko'rish kerakmi yoki kinoteatrda ko‘rish kerakmi?» degan masalani qo‘yadi. Kinoni qayerda ko’rish foydaliroq? 74-chizmada video va kino ko'rishga bo‘lgan taklif va talab egri chizig‘i ko'rsatilgan. Kino chiptasining dastlabki bahosi 6 dollar, videokassetaning dastlabki bahosi 4 dollar bo‘lgandagi holat ko‘riladigan bo‘lsa, shunga muvofiq bozor muvozanatiga Dm va Sm chiziqlarning va Dv, Sv chiziqlarining kesishgan nuqtasi mos keladi.

Agar davlat solig'i har bir sotilgan kino chiptasi uchun 1 dollarga oshirilsa, bunday soliqdan keladigan samara Sm egri chizig‘ning S’m holatiga (tepaga) surilishi hisobiga ta’minlanadi (chizmaga qarang). Albatta, buning uchun kino chiptasini 10 dollarga chiqarishga to‘g‘ri keladi. Lekin unga taklif ko‘payadi, talab esa pasayadi (Qm dan Q’m gacha). Xususiy muvozanatni tahlil qilish shularni beradi. Umumiy muvozanatni tahlil qilish uchun birinchidan kino uchun soliqning video bozoriga ta’sirini, ikkinchidan video bozorining kino bozoriga aks ta’siridan qandaydir samara keladimi, yo‘qmi, degan masalalar o‘rganilishi zarur.

Kino uchun soliq solinishi video bozoriga ta’sir etadi. Kino chiptalari bahosining o‘sishi videokassetalarga bo‘lgan talabni oshiradi va biletlari bahosining o‘sishi videokassetalarga bo‘lgan talabni oshiradi va Dv egri chizig‘ining holati D’v holatiga suriladi. Natijada video- kassetalar prokati bahosi 4 dollardan 6 dollargacha oshadi. Shuning uchun soliq tizimi xodimlari bilishlari kerakki, qandaydir mahsulotga soliq oshirilsa, unga bog‘liq sohalarda ham boshqa mahsulotlar bahosi, ularni sotish hajmi ham o‘zgaradi, soliqni o‘zgartirish to‘g‘risida bir qarorga kelishdan awal ana shu bog‘IiqIikIarni hisobga olib ish yuritishlari lozim. Kano bozorida qanday o‘zgarish bo‘lishi ko’riladigan bo‘lsa, xizmatning dastlabki talab darajasi videokassetalarni prokatga bergandagi o‘zgarmas 6 dollarga to‘g‘ri kelar edi. Endilikda bu baho 3,50 dollarga ko'paydi. Demak, kinoga bo‘lgan talab pasayadi va Dm egri chizig‘i tepaga surilib, D’m holatiga o‘tadi. Kino chiptalarining





Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish