0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Qisqa davrdagi daroraadlar va firmaning xarajatlari



Download 1,69 Mb.
bet246/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   288
Qisqa davrdagi daroraadlar va firmaning xarajatlari

Mahsulot

ishlab

chiqarish hajmi (dona Q)

Mahsulot birligi bahosi (dollar)

Uniumiv (yalpi) daromad (doll. P (q))

T o'la xarajatlar, TC(q)

Foyda dollar P (q)

Pirovard

xarajatlar

(doll.(MC))

Pirovard

daromad

(doll.

(MR))

0

40

0

50

-50

-

-

1

40

40

100

-60

50

40

2

40

80

128

-48

28

40

-v

40

120

148

-28

20

40

4

40

160

162

-2

14

40

5

40

200

180

20

18

40

6

40

240

200

40

20

40

7

40

280

222

58

22

40

8

40

320

260

60

38

40

9

40

360

305

55

45

40

10

40

400

360

40

55

40

П

40

440

425

15

65

40









R(q) umumiy daromad



72-chiT/na. Qisqa davrda foydani oshirish.
Chizmada flrma daromadi koordinata boshidan o‘tgan R(q) to‘g‘ri chizig‘i bilan ifodalangan. Lining burchak koeffitsiyenti daromadi o‘zgarishining mahsulot hajmi o‘zgarishiga bo'lgan nisbatini ko'rsatadi, ya’ni pirovard daromadga teng. Xuddi shunday to‘Iiq xarajatlarning burchak koeffitsiyenti chizig‘i ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarishining mahsulot hajmi o‘zgarishiga nisbatini, ya’ni pirovard xarajatlarni beradi.

Mahsulot hajmi 8 birlikka yetguncha oshirib borilsa, foyda ham oshadi: 9 birlik mahsulot chiqarilganda daromad kamayadi.

Xulosa: pirovard daromad xarajatlarga teng bo'lganda, foyda maksimal bo‘ladi:

MR(q)=MC(q).

Dividentlarni to‘lash va oshirish, aksionerlar talabini qondirish maqsadida ishlab chiqarish rahbarlarini ko‘proq foydani oshirish emas, daromad olish qiziqtiradi.

Rahbarlar «uzoq muddatda foyda kam chiqsa ham hozir ko‘proq foyda bo‘lsin», deydilar (mansabda o‘sish yoki mukofot olish uchun). Lekin kelajakda foydani o‘stirish aksionerlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Наг qanday holatda ham foydani maksimallashtirish bilan shug‘ul- lanmaydigan korxonalaming yashashi amri mahol. Yashashni, o‘sishni xohlagan ishbilarmon korxonalar uzoq muddatda foydani oshirishga birinchi galda ahamiyat beradilar.


  1. Uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirish

Uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirishda yuqoridagi (qisqa davrda foydani maksimallashtirishdagi) xulosa o'zgaradi. Uzoq davr mobaynida tarmoq tarkibidagi korxona yoki firma o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish yoki kamaytirish uchun yetarli vaqtga ega. Tarmoqda korxonalar soni ko‘payishi yoki kamayishi ham mumkin. Demak, uzoq muddat mobaynida muvozanatga erishilganda mahsulot bahosi firmaning minimal o'rtacha yalpi xarajatlari nuqtasida aniq mos keladi, ishlab chiqarish ham shu nuqtaga yetadi.

Bunday xulosa quyidagi ikkita asosiy (fakt) haqiqatdan kelib chiqadi:



  1. firma foyda olishga intiladi va zarar ko‘rishning oldini oladi;

  2. raqobatlashtirishda firmalar yoki korxonalar tarmoqqa ixtiyoriy ravishda qo‘shiladilar va uni tark etadilar.

Agar baho dastlab o'rtacha yalpi xarajatlardan ortib ketsa, unda iqtisodiy foyda ko'rish imkoniyatlari tarmoqqa yangi firmalami tortadi (jalb etadi). Lekin tarmoqlarning bunday kengayishi yangidan baho kamayib, o‘rtacha yalpi xarajatlar bilan barobar kelguncha mahsulotni taklif etishni (ishlab chiqarishni) oshirib boradi. Aksincha, dastlab baho yalpi xarajatlarning o‘rtacha miqdoridan past bo‘lsa, aniq zarar ko'rish mumkinligi firmaning tarmoqdan ajralib ketishiga olib keladi.

Taklif qilinadigan umumiy mahsulot hajmi kamayib, qaytadan bahoni o‘rtacha yalpi xarajatlarga teng qilib qo‘yadi.



  1. Tovar ayirboshlash jarayonidagi samaradorlik

Boshqarilishi qiyin bo‘lgan raqobat bozoridagi iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun tovarlar ortiqchaligini oTganganda ko'rinadiki, bunday bozor samarador hisoblanadi. Iqtisodiy sama­radorlik natijasi uchun awal ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiyotni ko‘rib chiqish darkor. Bu yerda bir-biri bilan ikki tovarni oldi-sotdi qiluvchi ikkita iste’molchining xatti-harakati o'rganiladi. Ayirboshlash mobaynida tovarlaming o'rtasida dastlabki taqsimlanish ularning har biri uchun foydali bo‘lib chiqmasligi mumkin. Tovaming foydali taqsimlanishi hech qachon ikkinchi tomonga zarar keltirmay iloji yo‘q. Bir tomon o'zini yaxshi his qilsa, ikkinchi tomonning ahvoli foydali bo‘lmaydi.

Tovar ayirboshlashda qachon ikkala tomonning ahvoli yaxshi- lanadi?

Odatda ixtiyoriy ikki kishi o‘rtasida tuzilgan bitim (kelishuv) o‘zaro manfaatli bo‘ladi. Buni tahlil qilishda ikki xil mulohazaga asoslanib ish olib boriladi:



  1. ikkala shaxs ham bir-birlariga zarurliklari, foydali bo'lishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega;

  2. tovar ayirboshlash xarajat talab etmaydi, ya’ni bitim tuzish xarajatlari nolga teng.

Masalan, Sarvar va Abbos 10 tonna kartoshka va 6 tonna 15 mm li cho'yan trubaga ega.


Savdo samarasi

21-jadval

Shaxslar

Dastlabki taqsimlash

Bitim

Oxirgi taqsimlash

Sarvar

10F. IS

-1Қ+1С

6F,2C

Abbos

3F,5C

+1F-1C

4F,4C





Bu yerda:

F — oziq-ovqat mahsulotlari;

C — sanoat mahsulotlari.

21-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dastlab Sarvar 10 tonna kartoshka va 1 tonna trubaga, Abbos esa 3 tonna kartoshka va 5 tonna trubaga ega. Ular o‘rtasidagi ayirboshlash qanchalik foydali ekanini bilish uchun ularga nimalar zarur, afzalroq ekanligini bilish kerak bo‘ladi. Faraz: Abbosning trubalari yetarli (5 tonna). Lekin oziq-ovqat mahsulotlari (F), shu jumladan, kartoshka kam bo‘lganligi uchun uning trubani kartoshkaga pirovard ayirboshlash normasi (me’yori — MRS) 3 tonnani tashkil etadi (3 birlik kartoshka olish uchun 1 birlik cho‘yan truba berishga tayyor).

Shu bilan birga MRS - trubaning (C) kartoshkaga (F) ayir- boshlashning pirovard me’yori Sarvarda 1/5 ga to‘g‘ri keladi, ya’ni Sarvar 5 tonna truba berib, 10 tonna kartoshka oladi.

Demak, Sarvar trubani yuqori baholasa, Abbosga kartoshkani unga nisbatan yuqori baholaydi.

Sarvar har birlik kartoshka uchun Abbos 2 tonna cho‘yan truba berishga tayyor.





Masalaning haqiqatan hal etilishi savdoning borish jarayoniga bog‘liq. Natija Abbosning bir tonna kartoshkani Sarvarga 1/3 dan 2 tonnagacha trubani ayirboshlashiga bog‘liq.

Abbos Sarvarga 1 tonna kartoshkani 1 tonna trubaga almashtirsa, Sarvar bunga rozi. Ikkalasi ham yaxshi manfaatli, bezarar. Sarvarda kartoshka ko‘p, chunki u trubadan ham ko'proq oziq-ovqatni qadrlaydi. Abbosda esa trubalar ko‘p, uning uchun ular oziq-ovqatdan ham afzalroq. Ayirboshlashning pirovard me’yori darajasida (MRS) o‘zaro manfaatli bitim tuzish imkoniyati yaratiladi. Resurslarni taqsimlash foydali emas. Lekin tovarlarni ayirboshlash ikkala tomon uchun ham foyda keltiradi.




Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish