Pirovard foydalilik (Ml) qo'shimcha birlik mahsulotdan qo‘shimcha ravishda qoniqish hosil qilinishining o’lchovi, me’yoridir.
Pirovard foydalilik to’g'risidagi fikrni davom ettirib aytish mumkinki, bunda iste’molchi o‘zining pul daromadlarini shunday taqsimlashi kerakki, shunda har bir mahsulot turini xarid qilish uchun sarflangan oxirgi dollari bir xildagi qo‘shimcha (pirovard) foyda keltirsin. Bu qoida «foydalilikni maksimallashtirish qoidasi» deyiladi. Agar shu qoidaga binoan iste’molchi «o‘zining pirovard foydaliligini muvozanatlashtirsa», unda uning xarajatlarini o‘zgartirishga hech narsa ta’sir etmaydi.
Iste’molchi muvozanatda bo‘ladi. Albatta iste’molchining didi (talabi), daromadi yoki turli xil tovarlar bahosi o‘zgarsa, shu iste’molchi qiyin ahvolga tushib qoladi — xarid qilinadigan tovarlar tanlovining har qanday o‘zgarishida umumiy foydalilik pasayadi.
Demak, har bir xarid qilinadigan tovar turi uchun qilinadigan bir dollaming pirovard foydaliligi bir xil bo‘lsa yoki budjetdagi daromad shunday taqsim etilsa, shundagina maksimal foydalilikka erishiladi. Pirovard foydalilik iste’molning o‘sib borishi bilan bog‘liq. Masalan, 0 dan 10 birlikkacha oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilingandagi pirovard foydalilik 9 ga teng bo'lishi mumkin. 10 dan 20 birlikkacha iste’mol qilinganda 7, 20 dan 30 gacha 5 birlikka teng bo‘lishi mumkin. Bu raqamlar pirovard foydalilikning kamayib borishi qoidasini ham o‘z ichiga oladi.
Bir xil nomdagi bir kinoni 2, 3, 5, 10 marta ko‘rgan sari uning foydalilik darajasi pasayib, zarari ham bo‘lishi mumkin yoki shakar choyni ichish me’yori uni foydaliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pirovard foydalilik konsepsiyasini iste’molni maksimal foydaliligi muammosi bilan quyidagicha qiyoslab ko‘rish mumkin.
Agar o'sha ikki xil tovar turi guruhlarini (to‘plamlarini), ya’ni kiyim-kechak (C) va oziq-ovqat mahsulotlari (F) asosida ko‘radigan bo‘lsak, tovarlardan almashib foydalanish quyidagicha ifoda etiladi.
MRS — qo'shimcha bir birlik oziq-ovqat mahsulotining iste’- molidan ko‘rilgan foyda.
MI — pirovard foydalilik (F yoki C hisobiga) (MIp MIc).
Qo‘shimcha birlik oziq-ovqat mahsulotlari (F)ni iste’mol qilish (ДҒ) uning har birining qo'shimcha yoki pirovard foydaliligini (MIr) beradi. Shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlarini (F) ko'proq iste’mol qilish hisobiga kiyim-kechak mahsulotlarini C ni iste’mol qilishning pasayishi (MIc), uning har birligi uchun to‘g‘ri keladigan foydalilikni kamaytiradi va natijada umumiy yo'qotish holati (MIC) ro‘y beradi. Buni quyidagicha befarqlik egri chizig'idagi surilishdan ko'rish mumkin (34-chizma).
Hamnia befarqlik egri chizig'i nuqtalarida bir xil darajadagi foydalilik ta’minlangani uchun F mahsulotini iste’mol hajmining ishi hisobiga olinadigan umumiy foydalilikning kamayishi C mahsuloti iste’mo- lining kamayishini muvozanatga (yoki me’yoriga) keltirishi zarur:
C= MIf (ДҒ) + MIs (ДС)
Bu tenglamani quyidagicha yozish ham mumkin:
- (ДС/ДҒ) = Ml/ MIC
Lekin (ДС/ДҒ) F va C mahsulotlari almashinuvining me’yorini ko'rsatgani uchun MRS=MI/MIc bo'ladi.
Bu tenglama bizga tovar almashinuvining pirovard me’yori F ning pirovard foydaliligining, C ning pirovard foydaliligiga nisbatini ko‘r- satadi. Iste’molchi F mahsulotini iste’mol qilishni oshirish uchun C mahsuloti iste’molini kamaytirib borsa, F ning pirovard foydaliligi o‘sib boradi.
Iste’molchilar o‘z talablarini maksimal darajada qondirsa, F ni C ga almashishning pirovard me’yori ikki xil tovar bahosining nisbatiga teng bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |