Kapital — kishilar tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish resurslari (binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar, kompyuterlar va h.k.) va shunday ishlab chiqarish resurslarini yaratish uchun sarflangan pul mablag‘laridir. Hozirgi davrda mehnat buyumlaridan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energetika resurslari, ishlab chiqarish jara- yonidagi ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlar, ixtirolar, yangi mahsulotlar loyihalashtirish, ularni ishlab chiqarishga tay- yorlash, o‘zlashtirish xarajatlari, moylovchi yog'lar kabi bir ishlab chiqarish davrida sarf etilgani uchun aylanma kapital nomini olgan va kapital tushunchasiga kirgan. «Mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» birgalikda mehnat resurslarini tashkil etadi.
Mehnat resurslari — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat koTsatish borasidagi aqliy, jismoniy mehnat qobiliyatlari.
Mehnat kishilarning ongli faoliyati bo‘lib, u kamchiliklar, ne’mat- larni taqchilligiga qarshi kurashish ularni mo‘l-ko‘lligini ta’minlashga harakat qiladi.
Mehnat - bu mashaqqat bo‘lib, jismoniy, aqliy psixologik va boshqa inshootlarni ishga tushishini talab etadi.
Tadbirkorlik ishlab chiqarishning muhim omili sifatida birinchi bor XIX asrning mashhur ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan iqtisodiy tahlil qilishda ajratilgan. Marshall nazariyasi bo‘yicha tad- birkor-tashkilotchi, ya’ni mehnat, kapital, yer kabi resurslarni birlashtirib, qovushtirib ishlab chiqarishni tavakkalchilik bilan o‘z zimmasiga oladi, harakatlar qiladi. Tashabbus ko‘rsatib ishlaydi, natijada foyda oladi. Demak, olimning fikricha, tadbirkor—tashkilotchi. «Tadbirkorlik» tushunchasi aslida iqtisodchi olim Y.Shumpeterning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlik nazariyasi bo‘yicha u ancha- muncha qiziqarli, chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Iqtisodiyot uchun resurs sifatida aholining faqat soni emas, balki uning bilimi, ish tajribasi, mehnat mahorati ahamiyatli. Mehnat va tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarishning shaxsiy insoniy omili hisoblanadi. Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog‘liq. Bu daraja qanchalik yuqori boisa, ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha.
2003-yil 1-iyuldagi rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 0‘zbekiston Respublikasi aholisi 25849,8 ming kishi bo'lib, shundan mehnat resurslari 50%ni yoki 12925 ming kishini tashkil etdi. Aholining tabiiy o‘sishi 187,2 ming kishi, umumiy o‘sishi esa 142,5 ming kishi bo‘lgan. Qishloq aholisi 63,5 foizni tashkil etdi. Mehnat resurslarining ish bilan band bo'lganlari 9176,75 ming kishi yoki 71% ni tashkil etgan. Demak, mehnat resurslarining salkam 30 foizi ishsizlar guruhini tashkil etadi. Xuddi shuning uchun ham 0‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish yo‘llaridan biri bo‘lgan tadbirkorlikni rivojlantirishga katta o‘rin berilmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlik yangi ish joylarini yaratib, bozorni tovarlar va xizmat ishlari bilan to‘ldiradi.
Mehnat salohiyatining muhim xususiyati - uning yosh ekanligi va kasb tarkibidir. Demak, hozirgi vaqtda 0‘zbekiston yuksak darajada mehnat faolligiga ega bo'lgan, kasb tayyorgarligi bilan ajralib turgan mehnat resurslariga ega.
Ishlab chiqarish omillarini guruhga ajratishda iqtisodchilar turlicha yondashadilar. Rivojlangan jamiyatlarning iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish omili sifatida axborot va ekologik omillarni ham ajratadilar. Haqiqatan ham ularni mustaqil omil sifatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, malakali ishchi xodimlarini tayyorlash, inson kapitali qobiliyatlari, imkoniyatlari darajasini oshirishga ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular haqida maxsus, alohida izlanish kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |