Ishlab chiqarish jarayoni — bu mehnat va tabiiy jarayonlami ma’lum tartibda ketma-ketlikda tashkil etish majmuasi bo'lib, ular yordamida xomashyo, materiallar tayyor mahsulotga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari:
Kishilarning foydali mehnat jarayoni, ya’ni «mehnat» va «tad- birkorlik qobiliyati»;
Mehnat vositalari - masalan: mashina, mexinizmlar, tex- nologiya, dastgohlar, binolar, tovar moddiy boyliklari va boshqa mehnat qurollari;
Mehnat buyumlari - xomashyo materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarishi tugallanmagan mahsulotlar, ixtirolar;
Ishlab chiqarishni tashkil etish. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng muhim va murakkab jarayon bo‘lib, u hamma narsani hal qiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish deganda, korxonani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun mehnat resurslari bilan ishlab chiqarish vositalari(kapital)ni birlashtirish, ishlab chiqarishning aniq tizimini tashkil etuvchi bo‘g‘inlari (sex va uchastkalar) o‘rtasida o'zaro bog‘liqlik va bir-biriga ta’sir o‘tkazishning ilmiy asoslangan shakllari, usullari va yo‘llari majmuasini tushinish lozim. Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan unumli, ratsional foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini, isrofgarchilikni kamaytirish, ishlab chiqarish renta- belligini, daromad va foydani oshirish, ishlab chiqarishni mukammal tashkil etish darajasiga bog‘liq bo'ladi. Lekin har qanday malakali mehnat resurslari va zamonaviy texnika va texnologiya, a’lo sifatdagi
xomashyo, materiallar o‘z-o‘zidan iste’mol uchun yaroqli, foydali bo'lgan tayyor mahsulotga aylanib qolmaydi. Buning uchun ishlab chiqarishni, shu bilan birga mehnatni ham tashkil etish zarur bo‘ladi. Mehnatni tashkil etish ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi, ish joylarida xavfsiz, zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchi mehnatini yengillashtirish, uning energiyasini (ish vaqtini) tejashga, mehnat madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy jihatdan asoslangan chora-tadbirlar majmua’sidir. Mehnatni tashkil etishda texnlogik, texnikaviy, biologik, sotsiologik va pedagogik fanlar sohasida erishilgan yutuqlar ishlatiladi. Demak, resurslar mavjudligi hali hamma narsani hal etmaydi. Mavjud resurslar maksimal darajada iqtisodiy foyda beradigan sohalarga yo‘naltirilishi lozim. 0‘zbekiston Respublikasi xilma-xil tabiiy resurslarga boy mamlakat. Bu vazifani mamlakat hayotida kapital va menedjment hal etishi zarur. Amerika iqtiso- diyotidagi tajriba buni ma’qullaydi. Korxona bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlari asosiy va yordamchi jarayonlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |