Boshqa tomondan oladigan bo‘lsa, oziq-ovqatlar bahosi 2 marta - 1 dollardan 2 dollarga oshsa budjet chizig‘i teskari aylanib J3 holatiga tushadi, chunki xarid qobiliyati pasayadi. Yana o‘sha kiyim-boshni yaxshi ko‘radigan kishiga oziq-ovqatlar bahosi ta’sir etmaydi (31- chizma).
Kishilarning xarid qobiliyati faqat daromadga emas, tovar bahosiga ham bog‘liqdir. Iqtisodiy inflatsiya ta’siriga tushgan holat ikki xil mahsulot bo‘yicha bahosi ikki marta va iste’molchilar daromadi ham ikki marta oshsa budjet chizig‘ining og‘ishi o‘zgarmaydi. Eng ko‘p xarid qilish murnkin bo‘lgan mahsulot miqdori ham bir xil darajada qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |