VII. Aydarko‘l rayonidagi
ko‘llar tizimining paydo bo‘lishi bevosita
Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj
suvlarining Aydarko‘l botig‘i tomon harakatlanishi natijasida botikdagi Tuzkon
ko‘lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko‘l ko‘llarining paydo bo‘lishiga olib
keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o‘zgarishlar Chordara suv omboridagi (1969)
ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog‘liq. Bu suvlarning to‘planishi natijasida
Arnasoy ko‘llari birlashib yagona Aydar ko‘llar tizimini va undagi faunani boyitib
beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |