II. Orol va Orolbo‘yi rayoni
ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo‘lgani
uchun ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obyekt
bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistik marShrutlar bir paytning o‘zida ham Orolning
qurilgan, ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur.
Ekoturlar nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va
vertalyotlar orqali ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis
maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining
shimoliy g‘arbiy qismida joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan
Borsakelmas oroli insonlarni atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi
ekoturistik obyektdir. Unda Qozog‘iston Respublikasi Borsakelmas qo‘riqxonasi
tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |