@TDIU_ARM
38
Yuqorida ta’riflangan ekoturizmning tarkibiy qismlari ichida oxirgisi alohida
salmoqli o‘rin tutadi va ko‘pchilik olimlar ekoturizm tushunchasini faqat alohida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmi deb qo‘llashadi.
Ekoturizmning rivoji natijasida uning uch asosiy xususiyati paydo bo‘lib, ular
mahalliy aholining ma’naviy kayfiyatiga, iqtisodiy ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
boshqa jihatdan o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bo‘larga quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy xususiyati
2. Iqtisodiy xususiyati
3. Ekologik xususiyati
Ijtimoiy jihatdan olib qarasak, ekoturizmning ijobiy tomoni shundaki, u
mahalliy aholiga o‘zining yurti tabaitini muhofaza qilgani uchun unga iqtisodiy
samara beradi, ularni muhofaza etilayotgan hududlarida hamkorlikda ish olib
borishga imkoniyat beradi. Ko‘pincha muhofaza etiladigan hududlarni asosiy
muammolari mahalliy aholining muhofaza etiladigan tabiat hududlari bilan o‘zlari
yashaydigan joylardan foydalanish uchun kurashi natijasida kelib chiqadi. Ekoturizm
qishloq aholisi uchun, ularning iqtisodiy manfaati uchun kurashda, tabiatning nodir
burchaklarini saqlab qolgan taqdirda, undan maxsus foydalanish yo‘li bilan iqtisodiy
foyda olish yo‘lini ko‘rsatadi. Lekin, mahalliy aholi o‘rtasida ularning olayotgan
iqtisodiy foydasi o‘sha erning tabaiatini saqlanishi bilan chambarchas bog‘liqligini
chuqur tushuntirish ishlari olib borish yo‘li bilan isbotlash kerak. Yangi ochilayotgan
qo‘riqxonalar hududida hamisha ma’lum miqdorda shu erda yashab turgan aholi
qoladi. Masalan, Kitob geologik qo‘riqxonasi hududida ayrim qishloqlar qolib
ketgan. Qishloqlarning ko‘p sonli aholisi azaldan qo‘riqxona maydonida
dehqonchilik yoki mol boqish bilan shug‘ullangan.
Qo‘riqxona chegarasi aniqlangan vaqtda charvachilik bilan shug‘ullanayotgan
aholiga ikki shart qo‘yiladi, birinchidan qo‘riqxona maydonidan tashqariga chiqib
yangi turar joyga ko‘chish, ikkinchidan, ularni shu vaqtga qadar shug‘ullanib kelgan
dehqonchilik yoki charvachilik ishlarini qat’iy taqiqlash. Chunki qo‘riqxona talabiga
asosan, qo‘riqxonalar va ularning muhofaza mintaqalarida ularga aloqasi bo‘lmagan
har qanday xo‘jalik ishlari olib borish taqiqlanadi. Qo‘riqxona maydonida ekoturistik
39
marshrutlar tashkil etish yoki turistlar talabi asosida, turistik iste’molni qondirish,
tabiatni o‘rganish, tabiat ekosistemalarini muhofaza etishda o‘z hissasini qo‘shish
yo‘li bilan, mahalliy aholining qiziqishini himoya qilgan holda, alohida muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarda turizm ishlarini olib borish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar rekreatsion funksiyasini ekologik baholash
ma’lum
murakkablikka ega. U qo‘riqxona yoki milliy bog‘ga kelayotgan
turistlarning xizmat ko‘rsatishdagi ekologik samaradorligi bilangina emas, balki
kelayotgan foyda bilan ham o‘lchanadi. Masalan, «Azchek» va «Teberda» turistik
bazalari Teberda qo‘riqxonasi chegarasida joylashib, bir yilda 350 ming dollar,
Litvaning milliy bog‘ida joylashgan «Ignamena» turbazasi esa 76 ming dollar foyda
keltiradi.
Rekreatsion faoliyatdan kelayotgan foydani baholashda, unga qo‘shimcha
xizmat ko‘rsatayotgan va turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qo‘shilgan, hamda
dam oluvchilarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatayotgan korxonalar foydasi ham hisobga
olinadi. Ular ko‘pincha qo‘riqxonalar va milliy bog‘lardan kelayotgan foydadan ham
ko‘proq bo‘lishi mumkin. Masalan 27 ming turistlarni Teberdi qo‘riqxonasiga olib
borayotgan transport tashkilotlarining foydasi «Azchek» va «Teberda» turbazalari
olayotgan foydadan 1,5 marta ko‘p bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: