8.2. Qishloq joylarida turizm resurslari
Qishloq turizmi haqida gapiradigan bo‘lsak, XX asr boshlarida Sankt -
Peterburg aristokratlari va ular qatoriga o‘zlarini qo‘yuvchi bylar ham Baden –
Badenda dam olishga qurblari etmagan. Bunday kishilar o‘sha vaqtlarda kurort rayon
hisoblagan Martishkino (peterburgning janubiy qismi)da yoki Finlyandiya poytaxtiga
30 km. lik yo‘l bo‘lgan Teriokoda arzon dala hovlilarni dam olish uchun ijaraga
olishgan. Sababi, u yerda xorij pasportlarini rasmiylashtirish kerak bo‘lmagan.
Bunday dala hovlilarni ijaraga oluvchi talabdorlar asosan ziyolilar bo‘lgan.
Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki hovlidami juda
ham maroqlidir. Bu hayot talabi, me’yoridir. Har qachon ham dala hovlilarni yoki
boshqa joylarni ko‘p yillar davomida ishonganva tekshirilgan joylarda dam olish
uchun ijaraga olingan. Qishloq turizmining o‘ziga xos tomonlari shundaki, masalan,
Sitsiliyaning agrar viloyatlorida ishchi kuchi keragidan ortiqligi kambag‘al turistlarni
yoki talabalarni ish haqi to‘lamasdan, boshrana va ovqat uchun ishga yo‘llash
mumkin. Bunday «dam oluvchi» o‘sha erga borib qaytishi uchun mablag‘ topsa
bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plajlarda cho‘milish, muzeylarni, yodgorliklarni
va boshqalarni ko‘rishi mumkin.
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alog‘ida daromad keltirilgan tur hisoblanib,
dunyo turizm bozorida alohida qat’iy o‘rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa
ham, turizm sohasida muayyan o‘rin tutadi. Uni o‘rganib rivojlantirish alohida
51
e’tibo
rga loyiq. Respublikaimz qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqdagi aholining
kamligi, tabiatning tozoligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor.
Aytish joizki, qishloqlarada turist bo‘lib turish, kurort zonalariyoki mashhur
turistik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatboho turistik
markazlarda dam ololmaydi, shu jihatdan qishloq turizmni rivojlanish katta
ahamiyatga ega. Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
x
qishloq joylarda aholida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari
miqdoriga qaramay, masalan, oilaning an’analariga ko‘ra;
x
shifokor maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni
olib borishga ko‘ra;
x
tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadiga;
x
ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan oziqlanish mumkinligi uchun;
x
qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lish, ishlash uchun real imkonlar borligi;
x
hayot uchun zarur bo‘lgan kerakli narsalarni topish maqsadida minglab
kilometr masofani bosib o‘tirmaslik uchun;
x
boshqa ijtimoiy guruhidagi odamlar bilan muloqotda bo‘lish, ularning
madaniyati, urf-odati bilan tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish
imkoniyatini mavjudligi.
Tabiiy rekreatsiya resurslariga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan
iborat, go‘zal tabiat go‘sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko‘l, dengiz bo‘ylari,
tog‘ etaklaridagi o‘simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli
shifobaxsh maskanlar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport
bilan shug‘ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi
yashil mintaqalar, park va bog‘lar yoki qo‘riqxona, milliy bog‘lar ham tabiiy
rekreatsiya resurslaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |