03 Turizm&Servis Kaf 10. Mintaqaviy turizm pdf


-bob. O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/156
Sana26.06.2021
Hajmi1,76 Mb.
#102104
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156
Bog'liq
MINTAQAVIY

19-bob. O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI 
 
19.1. Qashqadaryo viloyati tarixi va tabiiy-geografik o‘rni 
Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat hisoblanaib
1924-  yil  1-  noyabrda  tashkil  etilgan.  1927-  yil  17-  fevraldan  1938-  yil  15- 
yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida bo‘lgan, 1938- yil 15- yanvarda Buxoro 
viloyatiga qo‘shib yuborildi. 1943- yil 20- yanvarda qayta tashkil etildi. 1960- yil 25- 
yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo‘shildi. 1964-  yil 7-  fevraldan yangidan tashkil 
etildi.  Respublikaning  janubiy-g‘arbida,  Qashqadaryo  havzasida,  Pomir-oloy  tog‘ 
tizimining g‘arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon 
tizma  tog‘lari  orasida.  Shimoli-G‘arbdan  Buxoro,  janubi-Sharqdan  Surxondaryo, 
janubi-g‘arb  va  g‘arbdan  Turkmaniston,  sharqdan  Tojikiston  va  Samarqand 
viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km2.  
2017-  yilning  1-  aprel  holatiga  viloyatda  doimiy  aholi  soni  3100,2  ming  kishini 
tashkil qildi va yil boshidan 11358 kishiga yoki 1,3 foizga ko‘paydi.  
Tarkibida  13  qishloq  tumani  Dehqonobod,  Kasbi,  Kitob,Koson, 
Mirishkor,Muborak,Nishon,Chiroqchi,Shahrisabz,Yakkabog‘,Qamashi,Qarshi,G‘uzo
r), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tolimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, 
Yakkabog‘, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G‘uzor), 4 shaharcha    (Dehqonobod, 
Miroqi, Eski Yakkabog‘, Qashqadaryo),  147 qishloq fuqarolari yig‘ini, 1064 qishloq 
bor. Markazi – Qarshi shahri.  
Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botig‘ini o‘z ichiga olgan; shimoli- sharq 
va  janubi-sharqdan  Zarafshon  hamda  Hisor  tizma  tog‘lari  bilan  o‘ralgan.  Tog‘lar 
bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi  g‘arbda Sandiqli 
va  Qizilqum  cho‘llari  bilan  tutashgan  Qarshi  cho‘lidan  iborat.  Iqlimi  kontinental. 
qishi  nisbatan  yumshoq.  Yozi  uzoq  (155—160  kun),  issiq,  quruq.  Yanvarning 
o‘
rtacha temperaturasi 0,2 dan 1,9 gacha, iyulniki 28—29,5. Eng yuqori temperatura 
45.  Eng  past  temperatura  —  20.  Yiliga  tekisliklarda  290–300mm,  adirlarda  520–
550mm,  tog‘larda  550–650mm  yog‘in  tushadi.  Yog‘in,  asosan,  bahor  va  qishda 
yog‘adi, yozda garmsel esadi. Tog‘larda turg‘un qor qoplami hosil bo‘ladi (2—6 oy). 
197 
 
Vegetatsiya davri tekisliklarda 290—300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. 
Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog‘daryo, Tanxozdaryo, G‘uzordaryo 
(Katta va Kichik O‘radaryo bilan birga). Daryolar qor, yomg‘ir va muzliklar suvidan 
to‘yinadi. Daryo suvidan, asosan, sug‘orishda foydalaniladi. Chimqo‘rg‘on, Qamashi, 
Pachkamar  suv  omborlari;  Fayziobod,  8  Mart,  Eskibog‘,  Eski  Anhor,  Koson, 
Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishda 6 nasos 
stansiya,  ochiq  va  yopiq  kollektor  drenaj  tarmoqlari  qurilgan.  Sug‘oriladigan 
yerlarning  tuprog‘i,  asosan,  tipik  va  och  bo‘z  tuproqlar.  Kitob  —  Shahrisabz 
soyligida ko‘proq qumoq tuproqlar mavjud. Tog‘larda balandlik mintaqalari bo‘ylab 
tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak o‘simlik turidan 
iborat. Viloyatda 76,6 ming ga o‘rmon mavjud. O‘rmonlarning asosiy qismini archa 
va  saksovulzorlar  tashkil  etadi.  Tog‘  yon  bag‘irlari  har  xil  o‘t  o‘simliklari  bilan 
qoplangan,  Shningdek,  butazorlar  ham  bor.  Tog‘  o‘rmonlari  archa,  bodom,  pista, 
jiydazorlardan  iborat. Tog‘larda na’matak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va 
boshqalar o‘sadi.  
Keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori  
Qashqadaryo  viloyati  ham  izchil  taraqqiy  etmoqda.  Qashqadaryo  mamlakatimizni 
eng yetakchi viloyatlaridan sanaladi. Yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 38 
foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. 
19.1-jadval 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish