17.2. Farg‘ona mintaqasining turistik imkoniyatlari
Farg‘ona viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm xizmatlari
eksportini oshirishni ta’minlash yuzasidan
bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Farg‘ona viloyatidagi turizm resurslari va moddiy madaniy meros obyektlari
sifatida ro‘yxatga kiritilgan obyektlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan
Qo‘qon shahri hamda Furqat, O‘zbekiston, Beshariq, Bag‘dod, Dang‘ara, Uchko‘prik
tumanlaridagi jami 128 ta moddiy madaniy meros obyektlar ro‘yhatga olinganligi
aniqlandi. Farg‘ona viloyati Madaniy meros inspetsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra
21 ta arxeologik, 75 ta me’moriy, 11 ta monumental yodgorliklar va 21 diqq
atga
sazovor joylar ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |