03 Turizm&Servis Kaf 10. Mintaqaviy turizm pdf


Xorazmda turizm infratuzilmasi va uni rivojlantirishning asosiy



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/156
Sana26.06.2021
Hajmi1,76 Mb.
#102104
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156
Bog'liq
MINTAQAVIY

16.3. Xorazmda turizm infratuzilmasi va uni rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlari 
O‘
zbekistonda    turizmni  rivojlatirish  va  uni  yangi  bosqichlarga  ko‘tarish 
borasida,  avvalo  ko‘hna  madaniy  va  arxitektura  yodgorliklariga  boy  bo‘lgan 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar  muhim ahamiyatga 
ega. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy 


@TDIU_ARM
170 
 
yodgorliklar beqiyos ko‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har 
bir  inson  bu  shaharlarni  o‘z  ko‘zlari  bilan  ko‘rish  orzusida  yashaydilar.  Ko‘p 
mamlakatlarda  O‘zbekiston  o‘zining  shaharlari  bilan  mashhurdir.  O‘zbekistonning 
tarixiy shaharlarini bemalol  «Sharqning javohirlari» deb atash mumkin.  
Mamlakat  turizmini  rivojlantirishda  Xorazm  viloyatining  turistik  salohiyati 
alohida  ahamiyatga  egadir.  Ushbu  mintaqa  O‘zbekistonning  shimoliy-g‘arbiy 
qismida,  Amudaryoning  chap  qirg‘og‘ida  joylashgan  bo‘lib,  mintaqadan  turizm 
maqsadlarida foydalanish asosan Ichanqal’a me’morchilik qo‘
riqxonasida joylashgan 
Xiva  tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga asoslanadi. Ko‘plab  tarixiy  madaniy 
yodgorliklari  butun  rayon  bo‘ylab  joylashgan.  Xivadan  janubi-sharq  tomonda 
Sho‘rko‘l ko‘li bor. Rayondagi taraqqiy etgan aloqa yo‘llari tizimi kelajakda bu yerda 
rayon  va  rayonlararo  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  turli  xil  turizm  marshrutlarini 
o‘
rnatishga imkon beradi. 
Quyida esa tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida Xorazm viloyati 
turizm infratuzilmasining holatiga baho berilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Urganch  xalqaro  aeraporti.  Xorijiy  va  mahalliy  turistlarni  turli  rusumdagi 
samolyotlarda  qabul  qila  oladi.  Uchish  zali  2  qavatli  binodan  iborat  bo‘lib  jahon 
andozalariga  javob  bera  oladigan  170  o‘rindiqli  kuzatish  zali,  barcha  qulayliklarga 
ega  va  barcha  xizmatlar  tashkil  etilgan.  Birinchi  qavatda  6  ta  ro‘yxatdan  o‘tkazish 
ustunlari,  pasport  nazorati  xizmatlari  va  bojxona  nazorati  xizmatlari  mavjud  bo‘lib 
turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklarga ega. Jumladan: 17 ta 
yuk  tashish  aravachasi,  valyuta  ayirboshlash  shahobchasi,  meditsina  xizmatlari 
ko‘rsatish  shahobchasi,  nogironlarga  mo‘ljallangan  hojatxona,  reklama  tablolari, 
aviareyslar jadvali, yagona axborot xizmati tizimi, aviachiptalar sotish va ma’lumot 
berish ustunlari mavjud.  
Urganch  xalqaro  aeraporti  faoliyatini  takomilashtirish  va  sifatli  xizmatlar 
ko‘rsatish uchun takliflar: 
Kutib  olish  zallarida  atigi  50  o‘ringa  mo‘ljallangan  o‘rindiqlar,  2  ta  chegara 
nazorati ustuni va deklaratsiya to‘ldirish ustunlari mavjud; 
171 
 
Yirik  samolyotlar  yo‘lovchilarni  kutib  olish  zalida  sifatli  xizmat  ko‘rsatish  yaxshi 
yo‘lga qo‘yilmagan; 
Ichki  reyslarda  kutib  olish  zali  xizmatlaridan  foydalanilmaydi.  Kutib  olish 
zalini  yanada  kengaytirish  va  uchish  zali  infratuzilmasi  darajasiga  yetkazish 
maqsadga muvofiqdir; 
Xalqaro charter sayyohlik aviareyslari tarmog‘ini kengaytirish; 
Aeraport oldida, avtoulovlarni to‘xtab turish joylarida aeraportgacha bo‘lgan joylarda 
etarli darajada yoritish va bino ustidagi “Urganch xalqaro aeraporti” tablosini yorish 
(reyslar amalga oshirilayotgan vaqtda); 
Urganch  aeraportida  chartyer  safarlarini  amalga  oshirayotgan,  aeraport 
xizmatlaridan  foydalanayotgan  chet  el  aviakompaniyalarining  xizmati  uchun 
to‘g‘ridan to‘g‘ri valyutada qabul qilishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir emas.  
Xorazm viloyatidagi temir yo‘l vokzallari. Xorazm viloyatida 4 ta temir yo‘l 
vokzali mavjud: Urganch, Shovot, Xazarasp, Pitnak.  Urganch temir yo‘l vokzalida 
xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatiladi. Vokzalda quyidagi infratuzilmalar mavjud: 1 ta 
valyuta ayirboshlash shahobchasi, dam olish xonasi, chiptalarni sotish va ma’lumot 
berish  ustuni,  vokzalda  temir  yo‘l  poezdlarining  harakatining  olti  oylik  jadvali  va 
yagona axborot tizimi mavjud. 
Vokzalning infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir va 
quyidagi takliflar tavsiya etiladi: 
-  Avto‘lovlar to‘xtaydigan maxsus joylarni tashkil qilish; 
-  Vokzal  ichida  reklama,  mamlakatimiz  turistik  maskanlarini  aks  ettiruvchi 
shitlari va monitorlarni o‘rnatish; 
-  Valyuta ayirboshlash shaxobchasida etarli darajada naqd pul mablag‘lari bilan 
ta’minlash va bank tyerminal
larini o‘rnatish; 
-  Yuk tashish aravachalari sonini ko‘paytirish; 
-  Vokzal ichida internet tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish; 
-  Urganch-Buxoro-Urganch  va  Samarqanda-Urganch-Samarqand  yo‘nalishlari 
bo‘yicha  turistik  tezyurar  poezdlari  marshrutlarini  tashkil  qilish  (turistik 
mavsumlarda); 


@TDIU_ARM
172 
 
-  Vokzal ichida sovutgich va isitgichlarni o‘rnatish; 
-  Vokzalda sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilish.  
Xorazm  viloyatining  turistik  marshrutlar  yo‘li  va  yo‘l  bo‘yi  infratuzilmalari. 
Xorazm viloyatida xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li A-380 "Guzor-
Nukus-Kungirot-Beyneu"  439-552km.lari  Xorazm  viloyati  hududi  hisobiga  kiradi. 
Ushbu  yo‘lning  439-520  km  rekonstruksiya  ishlari  olib  borilgan,  520-553km.larini 
rekonstruksiya  ishlarini  PK-1041  asosan  tuproq  ishlari  bajarilib  2010-  yilda 
rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlanishi mo‘ljallangan. 2008- yilda 4r158 "Urganch 
- Xiva" avtomobil yo‘lining 0-25km.larida to‘liq ta’mirlash ishlari bajarilib, yo‘lning 
ikki  tomoni    yoritkichlar  bilan  to‘liq  jihozlandi.  4r162  "Urganch  aylanma  yuli"  0-
5km.lari  to‘liq ta’mirlanib yangidan asfaltobeton qoplamasi yotqizildi va yo‘l 
yoritkichlar  bilan  to‘liq  jihozlandi.  4r156  "Urganch-Xonqa-Xazorasp-Turkmaniston 
chegarasi"  avtomobil  yo‘lining  41-62  km.larida  o‘rta ta’mirlash ishlari bajarilgan, 
2009- yilga 30-41km, 62-68km.larida ta’mirlash ishlari  rejalashtirilgan.  
4r161 “Urganch sh.
-Cholish  k.-Beruniy sh.” avtomobil yo‘lining  13  km.dagi 
Amudaryo ustiga uzunligi 680 p/m bo‘lgan temir beton avtomobil ko‘prigi qurilishi 
2008-yilda boshlanib 2010-yilda foydalanishga topshirilishi kerak.    
Turistik marshrutlar yo‘li va yo‘l bo‘yi infratuzilmalarini yaratish bo‘yicha takliflar: 
Turistik  marshrutlarda  sayyohlarning  ovqatlanishi  sanitariya-gigiena 
talablariga  javob  beradigan,  sifati  va  syertifikati  bo‘lgan  oziq-ovqatlar  bilan 
ta’minlangan ovqatlanish 
obyektlarida tashkil etish. 
 

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish