@TDIU_ARM
168
Berilgan topshiriqlar bo‘yicha “Urganch temir yo‘l vokzali”da chet el tajribasi
asosida xizmat ko‘rsatish va SERVIS xizmati turlarini ko‘paytirish yuzasidan aniq
chora-tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijrosini ta’minlash topshirilgan.
“Urganch temir yo‘l vokzali”da chet el tajribasi asosida xizmat ko‘
rsatish va
servis xizmati turlarini ko‘paytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib,
amalga oshirildi. Vokzalning kirish qismiga 3 tilda ko‘rsatish belgilari va avtobuslar
nomerlari ko‘rsatilgan belgilar va harakatlanish kartalari, vokzal hududiga kirish va
chiqish joylariga shaharning ehtiborga loyiq joylari ko‘rsatilgan kartalari
joylashtirilgan.
Chet el turistlari uchun alohida nazorat-o‘tish punktlari tashkil etildi. Vokzalda
zamonaviy mobil va statsionar savdo shoxobchalari barpo etildi. Internet tarmog‘iga
Wi-Fi ulanish, bankomatlar va planshetlar taklif etilishi joriy qilingan.
O‘
zbekiston Xalq artisti Komiljon Otaniyozov nomi bilan ataladigan
zamonaviy ijod markazi va uning tarkibida bog‘ni qurish ishlarini jadallashtirish
choralarini ko‘rish topshirilgan.
Mazkur bog‘ va ijod markazi qurilishi uchun Urganch tumani G‘alaba qishlog‘i
hududidan 3,4 ga yer maydon ajratildi. (Xorazm viloyati hokimining 2017- yil
10- fevraldagi 47 q-sonli qarori). 2017- yil 20- iyul kuni Komiljon Otaniyozovning
100 yilligi munosabati bilan san’atkor nomi bilan atalgan Ijod markazining ochilish
tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Respublika vazirliklar va idoralar rahbarlari,
Xorazm viloyati hokimligi, Shuningdek, vohamizdagi bir qator mutasaddi tashkilot
rahbarlari ishtirok etishdi.
2017- yilning 1- iyunigacha Amir Temur parkida qurilish ishlarini to‘liq
yakunlash bo‘yicha tarmoq jadvalini o‘n kun muddatda ishlab chiqish, bajarilishini
ta’minlash belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida loyiha tashabbuskorlari
aniqlangan va tarmoq jadvallari tasdiqlangan. Amir Temur istirohat bog‘ining
umumiy yer maydoni 25,6 gektar bo‘lib, ushbu istiroxat bog‘ida Urganch shahar
xokimligi tomonidan 31 ta loyiha tashabbuskorlariga yer maydonlari ajratib berilgan.
169
Attraksionlar, kichik va katta o‘yin qurilmalari o‘rnatish, bolalar
maydonchalari tashkil qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida
O‘
zmilliybank Urganch bo‘limi tomonidan hozirgacha jami 20,7 mlrd.so‘m kredit
liniyasi ochilgan.
2017- yil 1- iyun kuni Amir Temur istiroxat bog‘ining ochilish tadbiri bo‘lib
o‘
tdi.
Viloyatning transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida belgilangan
tarmoq reja-jadvallari asosida 2017- yilning 1- dekabriga qadar 35 dona “Isuzu”
avtobuslari etkazib berish choralarini ko‘rish belgilangan.
Bugungi kunda viloyatning transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida
tashabbuskorlar tomonidan 35 ta “ISUZU” rusumli avtobuslar sotib olib kelingan.
Viloyat aholisining talablaridan kelib chiqqan holda hududda avtotransport
vositalarining keskin ko‘payishini inobatga olib, Urganch shahri ko‘chalarida
transport qatnovlarini tartibga solish maqsadida Urganch xalqaro aeraporti va
Urganch temir yo‘l vokzalini bog‘lovchi Al-Xorazmiy ko‘chasining Al-Beruniy va
G‘
ofur G‘ulom ko‘chalari oralig‘ini ochish topshirilgan.
Urganch” xalqaro aeraporti va “Urganch temir yo‘
l vokzali”ni bog‘lovchi
Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasining Al-Beruniy va G‘.G‘ulom ko‘chalari
oralig‘i jami 1,3 km uzunlikdagi (Al-Xorazmiy ko‘chasi 0,452 km, Al-Beruniy
ko‘chasi 0,846 km) yo‘lni ochish bo‘yicha jami 2 ta obyektda 6,8 mlrd.so‘mlik
qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, Al-Xorazmiy ko‘chasida 0,452 km, 3,7 mlrd so‘mlik
va Al-Beruniy ko‘chasi 0,846 km, 3,1 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarilib,
avtomobil yo‘li foydalanishga topshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: