@TDIU_ARM
136
Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif
qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar
bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi.
Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi obyektlarga tashrif
buuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki,
ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar,
sarguzasht, ov, dam olish – davolanish, tog‘-chang‘i va golf sporti bilan
Shug‘ullanish turlari ham mavjud.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo‘lga kiritilgan yutuqlarga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, avvalo, o‘lkamizga tashrif buurayotgan xorijiy mehmonlar
sonining oshibborayotganligini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Ammo ushbu sohaning rivojlanishi uchun hali ko‘pgina salbiy omillar ham
mavjuddir. Buxoroga yetib keluvchi turistik sayohatlarni o‘sishiga salbiy ta’sir etishi
mumkin bo‘lgan ba’zi hollarni sanab o‘tish mumkin:
- ko‘pgina mehmonxonalarda taomlarning zamonaviy talablarga javob
bermasligi:
- O‘zbekiston ichidagi Mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy
raqobatchilariga nisbatan qimmatligi;
- turistlarning esdalik uchun xarid etiladigan milliy suvenirlarimizning
kamligi va nisbatan qimmatligi;
- joriy infratuzilmani takomillashtirish va yangilarini yaratish uchun xususiy
soha vakillarida mablag‘larning yetishmasligi;
- targ‘ibot masalalariga yetarlicha e’tibor berilmaganligi tufayli xorijiy
fuqarolarning aksariyatida O‘zbekiston tog‘risida ma’lumotning kamligi;
- O‘zbekistondagi joriy narxlarning qimmatligidan tashqari, ba’zi hollarda,
taklif etilayotgan tovar va xizmatlar sifatining shu narxga mos emasligi.
Buxoro hududidagi turistik infratuzilmani tahlil qiladigan bo‘lsak, u quyidagi
ko‘rinishga ega
Aviartransport
137
Turstik mavsum paytida talab taklifdan oshib ketadi.Buxoro aeraportidan faqat
Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga xalqaro aviareyslar amalga oshiriladi.
Urgench aeraportidan Milan va Parijga reyslar mavjud.Shu bilan birga, Mamlaktning
ichida shaharlar aro avia reyslar yo‘lga qo‘yilmagan, faqaitgina Toshkent orqali
uchish mumkin.
Temir yo‘l transporti.
Buxorodan Samarqand va Toshkent shaharlariga kunduzgi va kechki poezdlar
bilan ulangan. Lekin temir yo‘l stantsiyasi Kogon shahrida joylashgan bo‘lib, Buxoro
markazidan 10 km uzoq.
Avtomobil' transporti
Avtobuslar, mikroavtobuslar va taksilar Samarqand, Xiva va Toshkent
yo‘nalishida o‘z xizmatlarini asoson norasmiy ravishda taklif qiladilar. Avtobuslar
aniq jadval asosida qatnamaydi. Shu uchun kelajakda ichki turizmni rivojrantirish
uchun yo‘llarni hamda transport infratuzilmasini yaxshilash keràk.
Muzeylar
Buxoroda muzey ularning filiallari mavjud. (15.5-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: