30
Samarqand shahr statistika ma’lumotlari
119
14.7-jadval
Samarqand shahrida mavjud mehmonxonalar va ulardagi o‘rinlar soni
№
Ko‘rsatkichlar
2012- y 2013- y 2014- y
2014-yilda
2012- yilga
nisbatan farqi
(+;-)
O‘
zgarish
sur’ati %
1 Mehmonxonalar
soni
69
77
94
25
136.2
2 Ulardagi xonalar 1976
2262
2404
428
121.6
3 Ulardagi o‘rinlar 3885
4331
4778
893
122.9
Manba:
Samarqand shahri statistika bo‘limi ma’lumotlari 2015 y.
14.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Samarqand shahrida 2012-2014 yillar
mobaynida mehmonxonalar soni 94 taga etgan bo‘lsa, ulardagi xonalar soni 2404ta
va o‘rinlar soni esa 4778 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rskatkichlar esa shaharda har yili
o‘
rtacha 17-18 ta yangi mehmonxonalar qurilayotganligidan dalolat beradi.
Samarqand shahrida mavjud mehmonxonalar va ulardagi o‘rinlar sonining o‘sish
tendensiyalari Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda ro‘y berganidek,
Samarqand turistik bozorida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Bular quyidagilardan iboratdir:
-monopol xo‘jalik yuritishdan ko‘p ukladli xo‘jalik yuritish tizimiga o‘tildi,
ya’ni, mamlakatimizning turistik bozorida xususiy turistik k
orxonalar paydo bo‘ldi;
-turistik bozor yangi tartiblar asosida faoliyat yurita boshladi, ya’ni, turistik
korxonalar uchun narx belgilash, iste’molchi va ta’minotchilarni tanlash erkinligi
yaratildi;
-turistik bozorda turistik talabning yangi turlari paydo bo‘ldi, ya’ni, shop-turlar,
sarguzasht-turlar, til o‘rganish turlari kabilar vujudga keldi;
-turizmning asosiy vositalariga bo‘lgan talab yanada kuchaydi, ularning servis
xizmati sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lishini talab qilinmoqda, ya’ni
avtomobillarning dizayni va xavfsizligini ta’minlashga qaratilganligi;
@TDIU_ARM
120
-Samarqand turistik bozoriga yirik mehmonxonalar kirib keldi va ular bilan
amalga oshiriladigan qo‘shma faoliyat rivojlanishida xorijiy investorlarning ishtiroki
oshdi;
-turizmdan mahalliy aholining daromad olish imkoniyatlari etarli darajada
o‘
sish bosqichiga kirdi.
Turistlarni bugungi kunda zamon talablariga asoslanib kutib oladigan
mehmonxonalar ham shahrimizda anchani tashkil etadi.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Samarqandda turizmni rivojlantirishning
yangi bosqichi boshlandi.
Dastlab kichik mehmonxonalar qurila boshlandi va bir necha sayyohlik
firmalari tashkil etildi. Agar, ilgari bor yo‘g‘i 2-3 ta mehmonxona va Sh atrofda
sayyohlik firmalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib Samarqandda turizm
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan 60 dan ziyod sayyohlik firmalari
va 90 ga yaqin mehmonxonalar mavjud. Viloyatda har yili 8-10 ta sayyohlik firmalari
tashkil etilayotgan bo‘lsa, yana Shncha miqdorda zamonaviy va milliy usuldagi
mehmonxonalar qurilib, ishga tushirilmoqda. Buning natijasida ulardagi o‘rinlar soni
4000 taga yetdi hamda sohada qo‘shimcha 300 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
Mehmonxona deganda mehmonlarning (turistlarning) vaqtincha yashashi, ya’ni dam
olishi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilgan va talab qilinadigan
qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan maxsus xo‘jalik tushuniladi.
Hozirda bizning mehmonxonalarimizda iste’molchilarga nafakat turarjoy va
ovqatlanish xizmatlari, balki transport, aloqa, ko‘ngilochar ekskursiya xizmatlari,
tibbiyot, sport, go‘zallik salonlari kabi keng kamrovli xizmatlarni taklif etadi.
Raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, Samarqandga tashrif buyuradigan
turistlarning 53 foizi Yevropaliklar hissasiga to‘g‘ri kelar ekan. Qolaversa,
shahrimizga kelayotgan sayyohlar soni ham yildan-yilga oshib borayotir. Turistlarni
yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida «Samarqand nonlari» ko‘rik-tanlovi,
«Samarqand hunarmandlari», Milliy taomlar» va «Sh
arq shirinliklari» ko‘rgazmalari,
«Qovun sayli», «Milliy folklor guruhlari» festivalini o‘tkazish an’ana tusini olgan.
Xorijiy sayyohlarga shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmandlar
121
mahsulotlari hamda xalq amaliy san’ati asarlarini namoyish etish maqsadida R
egiston
ansamblining Tillakori madrasasida «Hunarmand» uyushmasi viloyat bo‘limining
doimiy ishlaydigan xalq amaliy san’ati asarlari va hunarmandchilik mahsulotlari
ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
Hozirgi kunda Samarqand viloyatda sayyohlar va mehmonlarga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va sifatini ko‘tarish maqsadida milliy hamda boshqa
xalqlar taomlarini tayyorlaydigan restoran va choyxonalar qurildi, savdo markazlari,
madaniy hordiq chiqarish maskanlari, valyuta almashtirish shoxobchalari tashkil
etildi. Bundan tashqari, viloyatimizda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish
maqsadida yirik marketlar, milliy va Yevropa uslubidagi ovqatlanish tarmoqlari, turli
ko‘ngilochar maskanlar qurish, zamonaviy avtobuslar xarid qilish, yuqori salohiyatga
ega Urgut, Samarqand, Jomboy, Paxtachi va boshqa tumanlarda sayyohlar tashrifi
uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, tarixiy obidalar, ziyoratgohlarni, ularga
boriladigan yo‘llarni ta’mirlash hamda atrofini obodonlashtirish masalalari ko‘zda
tutilgan.
Samarqand viloyatida turistlarni qabul qilish va turistik xizmatlar rivojlanishi
tendensiyasi ustida olib borilgan tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha Samarqand shahri,
Urgut, Nurobod, Payarik va Samarqand tumanlarida turizmni keng rivojlantirish
imkoniyatlari mavjud. Bu esa Samarqand shahri va uning yaqinidagi tumanlarida
turizm infratuzilmasining birmuncha shakllanganligi bilan izohlanadi. Sh sababdan,
mintaqaning turizm asosi hisoblangan Samarqand shahriga nisbatan yaqin
hisoblangan tumanlarning (Jomboy, Oqdaryo, Samarqand, Toyloq tumanlari) turistik
resurslaridan foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi (14.8-jadval).
Jadvalning ko‘rsatishicha 3 -yuqori darajada imkoniyat, 2 -o‘rta darajada
imkoniyat, 1 -past darajada imkoniyat, 0 -umuman imkoniyat yo‘q deb baholandi.
Jadvalga asosan tumanlardagi ba’zi tarixiy joylar va ajoyib tabiat
hududlariga alohida
e’tibor qaratilmasa, turistik jozibadorligi
yo‘qoladi. Shu sababli birinchidan, bu
hududlar tarixiy-madaniy meros yoki rekreatsion resurs sifatida tan olinib, maxsus
muxofaza ostiga olinishi (maxsus ro‘yhatga olinishi, ekologik, arxitekturaviy jihatdan
nazoratga olinib muhofaza etish) kerak.
@TDIU_ARM
122
Do'stlaringiz bilan baham: |