Назорат саволлари
1. Baktеriya hujayrasining o`sishi dеganda nima tushuniladi?
2. Baktеriyalarning ko`payish usullari va ularga ta'rif bеring?
3. Baktеriyaning rivojlanish fazalariga tavsif bеring?
4. Baktеriyalarning uzluksiz ko`payishi qanday yo`l bilan amalga oshiriladi?
Фойдаланилган адабиётлар
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
3-Мавзу: Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar.
Reja:
1. Viruslarni kelib chiqish tarixi.
2. Viruslar klassifikatsiyasi.
3. Viruslarning ximiyaviy tarkibi va tuzilishi.
4. Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari.
5. Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi
Tayanch iboralar: virion,kapsid. Kapsamer, nukloid. Gemosorbsiya,gemaglyutinasiya.
3.1. Viruslarni kelib chiqish tarixi
Virusologiya fani mikrobiologiya va immunologiya fanlari kabi juda keng o‘rganilgan tibbiy-biologik fanlardan biri xisoblanadi.Viruslar tabiatda xilma-xil bo‘lib, yuqimli kasalliklarning etiologik omillardan xisoblanadi.
Virusologiya fanini rivojlanishida birinchilardan bo‘lib 1796 yilda Angliya vrachi E.Djenner virusi infeksiya sanalgan –chechakga qarshi vaksina ishlab chiqdi.
Virusologiya faninig rivojlanish davrlari.
XX asr 30-40 yillarida viruslarni o‘stirish va aniqlash uchun laboratoriya xayvonlari ishlatilishini, bularga sichqon, kalamush, quyonlarda gripp viruslari o‘rganildi. 40chi yillarning oxirida tovuq embrionni qo‘llash yo‘lga qo‘yildi.
Sun’iy oziq muxitlarida, xujayra to‘qima kulturalarida viruslarni o‘stirish mumkinligi aniqlandi. Viruslardan vaksinalar tayyorlandi.Poliomielit (shol) kasalligiga qarshi Solk-Sebin, CHumakov, Smorodinsovlar tomonidan o‘ldirilgan va tirik poliomielit vaksinasi ishlab chiqildi.
1960 yillarda molekulyar biologiyaning asosiy metodlari ishlab chiqildi. Bunda viruslar tuzilishi, ularning xujayraga kirish yo‘llari, metodlari o‘rganildi.
1970 yillarda viruslarning submolekulyar tushunchalar- yangiliklar ochildi, bunda nuklein kislotalar va oqsillar birligi strukturasi o‘rganildi.DNK va RNK tutuvchi viruslar aniqlandi.
Viruslarni kelib chiqishi to‘g‘risida xar xil taxminlar bor. Ba’zi bir avtorlarning ko‘rsatishicha bakteriyalarning yoki bir xujayrali organizmlarning eng oxirgi paydo bo‘lgan natijasidir. Bunda regressiv evolyusiya gipotezi deb yuritiladi.
2-gipoteza bo‘yicha viruslar xujayrali xayot bo‘lguncha paydo bo‘lgan qadimgi avlodlar deyiladi.
3-gipotezada viruslar xujayraning genetik elementlaridan paydo bo‘lishgan, bular avtonom xolda bo‘lgan , shuning uchun viruslarning genetik materiali (DNK, RNK) xar xil, chunki ular shu elementlarning qaysi birlaridandur paydo bulgan va shu ning uchun xar xil degan taxminlarni aytadilar.
Viruslar klassifikatsiyasi
Virusologiya tabiatda nixoyatda keng tarqalgan va nixoyatda mayda bo‘lgan viruslar to‘g‘risidagi fandir. Virus Virus so‘zi xayvon zaxari ma’nosini bildirib, bu L.Paster tomonidan berilgan. Viruslar ko‘pgina yuqimli kasalliklarning sababchilari ekanligi aniqlangan.
1892 yilda D.I.Ivanovskiy tomonidan tamakining mozaik kasalligining sababchisi viruslar ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi.Virusologiya fanining rivojlanishida olimlardan Morozov M.A., Zilber L.A.,CHumakov M.P.,Smorodinsov A.A., Jdanov V.M.lar ishlari nixoyatda katta axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |