Labaratoriya mashg’uloti 14
Mavzu: Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo’zg’atuvchilari
Mashg’ulot rejasi
1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostika sxemasini o’rganish.
2. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan bakteriologik, bakterioskopik va serologik usullar.
3. Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari.
Namoyish qilish
1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan oziqli muhitlar, apparatlar.
2. Anaerob infeksiyalar, gazli gangrena, qoqshol qo’zg’atuvchilaridan tayyorlangan tayyor surtmalar.
3. Jarohat anaerob infeksiyalarning morfologiyasiga, kultural xususiyatlariga, mikrobiologik diagnostikasiga bag’ishlangan rangli rasmlar, sxemalar, videoroliklar.
4. Jarohatdan ajratib olingan suyuqlikdagi perfringens toksinini lesitovitellaza sinamasi yordamida aniqlash.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Jarohat anaerob infeksiyalariga (gazli gangrena) shubhalangan bemor yarasidan ajralgan suyuqlikni Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan, ekmani natijasini baholash.
- o’sish xarakterini tasvirlash;
- Gram va Sil-Nilsen usulida bo’yalgan preparatda morfologiyasini o’rganish.
- olingan natijalar asosida dastlabki xulosa chiqarish va o’tkaziladigan tekshiruv rejalarini tuzish.
2. Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan bog’lov materiali natijasini baholash.
- o’sish xarakterini tasvirlash.
- Gram usulida bo’yalgan preparatda morfologiyasini o’rganish.
- bakteriologik laboratoriyada olingan bakterioskopik, bakteriologik,
biokimyoviy va boshqa ma’lumotlar asosida jarohat anaerob infeksiyalar to’g’risida yakunlovchi xulosalar chiqarish.
Jarohat anaerob infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari BACILLACEAE oilasi, CLOSTRIDIUM urug’iga mansub bo’lib tabiatda keng tarqalgan, odam va hayvonlar yo’g’on ichagida uchraydi. Tashqi muhitga najas bilan tushadi, ular spora hosil qiladi, sporasi ko’proq terminal va subterminal joylashadi. Shuning uchun ularni ko’rinishi duksimon bo’ladi (lot. slostridium- duk), nomi ham shundan kelib chiqqan. Jarohat anaerob infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari Clostridium avlodiga kiradi. Bu zotga Cl. perfringens, Cl. novyi, Cl. septicum, Cl. sordellii, Cl. histolyticum, C. Difficile, C. tetani C. botulinum lar kiradi. Bulardan Cl. perfringens, Cl. novyi, Cl. septicum, Cl. sordellii, Cl. histolyticum, C. difficile gazli gangrena kasalliklarini, Cl.tetani qoqshol kasalligini va C. botulinum ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyani keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |