Davolash. Bemorlarnio davolash uchun yod preparatlari, greziofulvin, vitaminlar, 3% Bor kislotasining eritmasi bilan bintni ho’llab qo’yish, pirogenallar qo’llaniladi. So’nggi yillarda lamizin va orungal preoaratlaridan keng foydalanilmoqda.
Oldini olish. Bemorlarni to’la-to’kis davolash, sartaroshxona, hammom, basseyn, sport maydonlarining sanitariya holatini qat’iy nazorat qilish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish va boshqa choralardan iborat. Veterenariya xodimlari kasal hayvonlarni aniqlab, ularni davolashlari kerak.
Sporotrixoz qo’zgatuvchisi
Kasallikni Spurothrix schenckii qo’zgatadi. Uni 1898 yili B. Shenk birinchi bor teri osti abstsessidan ajratib olgan. Zamburug’ jarohatlangan tukimalarda sigaraga o’xshash, kurtaklanuvchi achitqihujayralarini hosil qiladi. Zamburug’ septali mitseliylarga ega. Giflarning yonlaridan shoxchalar chiqib, ular uchida bittadan yoki bir guruh, konidiylar joylashadi. Zamburug’ Saburo muhitida va oddiy muhitlarda 25-29°S haroratda yaxshi o’sadi va terisimon, momiqsimon, silliq pigmentli koloniyalar hosil qiladi.
S. schenckii tabiatda keng tarqalgan bo’lib, tuproq va o’simliklarda uchraydi. Organizmga shikastlangan teri orqali kiradi, keyin teri osti qatlami va limfa bezlariga o’tadi, halqumda, muskullarda, sinovial qobiqlarda mayda gummalar hosil qiladi. Bundan tashqari, suyak, bo’g’im, muskul va ichki a'zolarda abstsesslar yuzaga keltiradi. Kasallik sporadik holda qishloq xo’jalik xodimlari orasida ko’proq uchraydi.
Laboratoriya tashhisi bemordan olingan yiring, shikastlangan to’qima kesmasi va boshqa patologik materiallarni mikroskop ostida tekshirishdan iborat. Agar natija musbat bo’lsa, u holda kattaligi 1x1- 1x3 mkm bo’lgan, tuxumsimon donachalar ko’rinadi. Tekshiriluvchi material Saburo muhitiga ekiladi va sof kultura ajratib olinib, uning asosiy
biologik xususiyatlari o’rganiladi. Bemor qon zardobidagi komplementni biriktiruvchi antitelolar, agglyutininlar (titri 1:200-1500) hamda pretsipitin va opsoninlar serologik reaktsiyalar yordamida aniqlanadi.
Zamburug’ning o’ldirilgan kulturasidan tayyorlangan ekstraktini teri orasiga yuborib, teri-allergik sinama qo’yiladi.
Zamburug’ga yoki tekshiriluvchi materialni oq sichqon, kalamush, dengiz cho’chqachasining terisi ostiga yuborilganda, ularning ichki a'zolarida granulemalar paydo bo’ladi, ya'ni biologik usuldan foydalaniladi. Laboratoriya tashxisida immunoflyuorestsent usul ham qo’llaniladi.
Davolash. Bemorlarga amfoteritsin V, nistatin, levorin, mikoseptin, yod preparatlari, vaktsina va autovaktsinalar buyuriladi.
Oldini olish sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy amal qilish, teri va shilliq, qavatlarni jarohatlanishdan saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |