Kengaytirilgan agglyutinasi reaksiyasini qo’yish. Buning uchun ikki qatorda agglyutinasiya bergan OKA yoki OKV qon zardoblar suyultiriladi 1:1600 marotabagacha (sxema ). Birinchi qatordagi probirkalarga tekshiriluvchi E.coli ning tirik kultura suspenziyalari, ikkinchi qatorga esa shu kulturani suv hammomida oldindan bir soat davomida qizdirilgan kulturalari ( 2-mlrd.li kulturadan 2-3 tomchi tomiziladi) qo’shiladi. Chunki ichak guruhi bakteriyalarida O-Ag ni yuzasidan K-kapsula antigeni o’rab turadi, bunday kulturalar bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yilsa, reaksiya manfiy bo’lishi mumkin, K-Ag tashqi yuza tomonda O-Ag ni to’sib qo’yadi. O-Ag termostabil, K-Ag esa termolabil 70-80º S parchalanib ketadi. Bunday qizdirilgan kultura bilan O-Ag aniqlash mumkin. Reaksiya musbat bo’lsa kengaytirilgan Giss muhitlarida biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish uchun ekiladi va antibiotiklarga sezgirligini o’rganiladi.
4-kuni hamma olingan natijalar o’rganilib kerak bo’lgan taqdirda qo’shimcha biokimyoviy xususiyatlari o’rganiladi va yakuniy javob beriladi.
Ovqat orqali zaharlanishlar ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchi ko’rinishi mikroorganizmlarga ta’luqli bo’lmagan, bularni o’z navbatida ximiyaviy, biologik faktorlar keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarni tibbiyotning maxsus bo’limlarida o’tiladi. Ikkinchi xil zaharlanishlarga mikroorganizmlar sababchi bo’ladi. Bu kasalliklarni ham kasallik patogenezi, kelib chiqishiga qarab ikkiga bo’lish mumkin.
1. Ovqat intoksikasiyasi.
2. Ovqat toksikoinfeksiyalari
Ovqat intoksikasiyasini asosan stafilokokklar, botulizm tayoqchalari, zamburug’lar va bosh. keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipdagi zaharlanishlarni kelib chiqishida mikroorganizmlarni toksinlari asosiy rolni o’ynaydi. Odam mikroblar ko’payib, toksinlari yig’ilib qolgan oziq ovqatlarni iste’mol qilishganda kasalliklarga chalinadi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarida esa mikroorganizmlarni ovqatlarda yig’ilib qolgan toksinlaridan tashqari, ularning o’zi ham organizmlarda ko’payishi mumkin. Bularga eng ko’p mikroorganizmlar kiradi.
Toksikoinfeksiyalarining nihoyatda ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchilari salmonellalardir. Ularga- Salmonella typhimurium, S.enteritidis, S.choleraesuis, S.heidelberg, S.anatum, S.derby lar kiradi. Bu kasalliklarni ko’pchilik hollarda Ye.coli, Proteus, boshqa enterobakteriya vakillari, enterokokklar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarining patogenezi va klinik manzarasi me’da-ichak yo’liga mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining (go’sht, baliq, sut va bosh.), yetarlicha termik jihatdan ishlov berilmagan holda ko’p miqdorda tushishi orqali kuzatiladi. Bunda tirik bakteriya hujayralari qulay sharoitda tezlik bilan ko’payadi. Shu bilan bir vaqtda, ichakda kasallik ko’zg’atuvchilarining ko’p miqdorda ko’payishi va bakterial hujayraning parchalanishi ko’p miqdorda endotoksin ajralishiga sabab bo’ladi. Bu esa ingichka ichakning intramural neyroreseptor apparatiga, qorin bo’shlig’ining periferik tomirlariga ta’sir qiladi va bu ichak devorida neyrodistrofik o’zgarishga va bog’liq a’zo hujayralarining jarohatlanishiga olib keladi. Ovqat toksikoinfeksiyalarida me’da-ichak yo’llari, ko’pincha qo’zg’atuvchilardan tezlikda, ayrim hollarda esa, kasal boshlangandan bir necha soat o’tgach, ozod bo’ladi. Birok, qator hollarda, salmonellalar ichakda uzoq vaqt, bir necha hafta va hatto oylar davomida saqlanib qolib, bakteriya tashuvchining najasi bilan ajralib turadi. Bu kasalliklarda, odatda, bakteriemiya sodir bo’lmaydi.
Laboratoriya diagnostika bakteriologik usul bilan o’tkaziladi. Tekshirish uchun kasalning najasi, qusig’i, me’da chayindi suvlari bilan birga, ovqat qoldiqlari va uni tayyorlash uchun ishlatilgan mahsulotlar olinadi. Bu esa infeksiya manbaini topish uchun muhimdir.
B akteriyali ovqat toksikozlari bilan zaharlanish me’da-ichak yo’liga ovqat bilan birga bakteriyaning toksinlari tushganda sodir bo’ladi. Bulardan Staph.aureus, Cl.perfringens—lar enterotoksini, ayniqsa Cl.botulinum ning neyro-toksini juda xavfli hisoblanadi. Ovqat bilan zaharlanishda ovqat tarkibida tirik qo’zg’atuvchilarning bo’lishi shart emas, chunki kasallik ularning toksini bilan ham vujudga kelishi mumkin.
Ovqatdan zaharlanishning mikrobiologik diagnostikasi toksinlarni aniqlash hamda toksin hosil qiluvchi qo’zg’atuvchilarning sof kulturasini bemordan olingan materiallar va ovqat qoldiqlaridan ajratib olish yo’li orqali o’tkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |