Enteropatogen E.coli keltirib chiqaruvchi kasalliklar diagnostikasi
E.coli odam yo’g’on ichagini normal mikroflorasi hisoblanadi, lekin hozirda uning ko’plab serologik tiplari odam uchun patogen hisoblanadi. 57-jadvalda kasallik keltirib chiqaruvi serologik tiplari keltirilgan. E.coli ning enterotoksigen serovariantlari- odamda vaboga o’xshash diareya va toksikoinfeksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalar termolabil va termostabil enterotoksin ishlab chiqaradi. Toksin ishlab chiqarishini mo’’tadil faglar boshqaradi.
E.coli ning enteropatogen serovariantlari asosan bolalarda diareya keltirib chiqaradi. Hamma serovarlari plazmid tutadi, bu plazmidlar ichak mikrovorsinkalarini epiteliy hujayralariga birikib (adgeziya) oluvchi maxsus oqsil strukturalari sintez qiladi. Bu serovariantlari enteroinvazivlardan farq qilib epiteliy hujayralariga kirmaydi. Kasallik bolalarda og’ir o’tadi.
E.coli ning enteroinvaziv serovariantlari - odamda ichburuqqa o’xshash kasallik keltirib chiqaradi. Bular ichburuqqa o’xshab ichakning epiteliy hujayralariga kirib ko’payadi.
E.coli ning enterogemoragik serovariantlari esa odamlarda og’ir o’tuvchi gemorragik kolitni keltirib chiqaradi.
Bu kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi faqatgina bakteriologik usullarda aniqlanadi. Bakterioskopik va serologik usullar qo’llanilmaydi.
Bakteriologik tekshiruv.
1 kun. Kasallardan patologik material (najas, siydik, qon, qusuq, seksion material va bosh.) maxsus boyituvchi, ko’paytiruvchi muhitli (gliserinli aralashma, selenitli muhit) tamponli probirkalarga yig’iladi, probirkalar albatta rezina qalpoqcha bilan mahkam berkitilgan bo’lib, laboratoriyaga jo’natiladi (11- sxema). Material tamponni o’zi bilan yoki qovuzloq bilan Endo, Ploskerova, Levina muhitlaridan biriga ekiladi va termostatga 37º S da kelasi kungacha qoldiriladi.
2-kun. Material ekilgan muhitlar termostatdan olinib ko’zdan kechiriladi. Endo muhitida ichak tayoqchalari laktozani parchalashiga qarab ikki xil rangda koloniyalar hosil qiladi. Laktozapozitiv (laktozani parchalaydi) koloniyasi to’q qizil rangda (asosan normal E.coli) va laktozanegativ (laktozani parchalamaydi) koloniyasi rangsiz oq pushti rangda bo’ladi. Asosan enteropatogen ichak tayoqchalari ikkinchi tipdagi koloniyalar hosil qiladi. bo’lsa daslabki chamali javob beriladi. Toza kultura ajratib olish uchun bir nechta agglyutinasiya musbat koloniyalardan uch qandli Kliger muhitiga ekiladi va termostatga qo’yiladi.
3-kun. Kliger muhiti ko’zdan kechiriladi. Bu muhitda normal ichak tayoqchalari uglevodlarni (glyukoza, laktoza va saxaroza) kislota va gaz hosil qilib parchalaydi, muhitni rangi somon rangiga kiradi, ko’p gaz hosil qilganligi uchun agar ustunchalari yorilib ketadi. Vodorod sulfid va mochevinani parchalamaydi. Bunday kulturalar bilan chamali polivalentli zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, manfiy bo’lsa tekshirish to’xtatiladi. Enteropatogen ichak tayoqchalari ko’pincha laktozani saxarozani parchalamaydi, glyukozani esa kislota hosil qilib, gazsiz parchalaydi. Bular bilan ham chamali polivalentli OK zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, agar musbat bo’lsa alohida (OKA, OKV va x.k) seroidentifikasiya qilinadi. Musbat natija olingan holda, probirkalarda tegishli OK zardoblar bilan kengaytirilgan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |