Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet35/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

BADIIY ASAR SUJETI
Tayanch tushunchalar

Sujet atamasi. Sujet ta’rifi. Sujet xarakterlarni namoyon etadigan, hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar majmui. „Yasama “, „Tayyor“, „Sayyor“ sujetlar. Xronikal sujet. Konsentrik sujet. Xronikal-konsentrik sujet. Sujetning tarkibiy qismlari: prolog, ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim, epilog. Tur va janrlarning sujet bilan aloqasi.
Yuqorida keltirilgan „Yulduzli tunlar“ romanidan parchani eslasak, unda fotihlikdan, shohlikdan, Ko‘hinurdek boylikdan otalikni, insoniylikni yoqlagan, Humoyunga o‘z jonini sadqa qilgan Bobur — benazir podshoh, dilbar inson, degan fikrni yetkazish uchun hayotda bo’lishi mumkin bo’lgan voqea yaratiladi: Humoyun og‘ir xastalanadi. Uning davosi topilmagach, Shayxulislom qiymati o’lkan oltin xazinalariga barobar keladigan Ko‘hinur olmosini din yo’liga tasadduq qilishni so‘raydi. Shayxulislomning nafsi sirini tushungan Bobur, o‘g‘il uchun unday olmoslarning yuztasidan ham azizroq bo’lgan jonini Parvardigorga tasadduq qiladi: Humoyunga umri—jonini qurbon etadi va uning sog‘ayib ketishini Ollohdan iltijo qiladi... Bu voqeani ko‘z o‘ngida jonlantirgan, Bobur, Humoyun, Mohimbegim, Shayxulislom kabi obrazlarning o‘y-xayollari, intilishlari, maqsadlarining eng nozik nuqtalarigacha aniq his etgan kitobxon „Bobur haqiqatan ham dilbar inson, Benazir podshoh” degan xulosa (g‘oya)ga keladi. Xuddi ana shu fikrning isbotini yuzaga chiqargan parchadagi voqea (voqealar silsilasi va tafsilotlari)ni sujet (fransuzcha „Sujet“ — predmet, mavzu) deb yuritish ijodiy jarayonning qonuniyatlaridan biridir.

Demak, sujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o’sish-o‘zgarishlar... barchasi tushuniladi, chunki „Adabiyotning Uchinchi elementi sujetdir, ya’ni odamlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o‘rtasidagi munosabatlar u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir“(M. Gorkiy).

Badiiy asarda sujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi. G‘oyaviy mazmunning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.

Jumladan, tragik xarakter qaltis, og‘ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o‘zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo‘zg‘atuvchi „arzimas“ voqealarda o‘zligini (masalan, „Adabiyot muallimi“dagi Boqijon Baqoyev) ko‘rsatadi. Bundan ko‘rinadiki, xarakterlar mantig’i voqealar mantig’iga va aksincha, voqealar mantig‘i xarakterlar mantig‘iga mos bo’lishi, bir-birlarining mohiyatlarini ochishi lozimdir.

„O‘tgan kunlar“dagi Otabek o‘zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham uning qarshisida „bir jonsiz haykal o‘rnida“ bo’ladi. Homidning ig‘volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham Otabek „Men sizga ishonaman“ degan Kumush ishonchiga — sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib, Homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig’i Otabekning sofdilligi, irodaliligi, „asl yigitligi“ni bo‘rttirishga, uning xarakteri mantig’ini asoslashga, ishonchliligini ta’minlashga, jonli tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa ular birlashib g‘oyaviy mazmun (eng kir, eng qora kunlar)ning tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda.

Sujet obrazlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antisimpatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. Hayotiy ziddiyatlar ifoda etilgan g‘oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida asarga ko‘chadi va u konflikt deb yuritiladi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish