Tardi aks (arabcha — teskari qilib takrorlash) — she’rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so‘z yoki so‘z birikmalarini keyingi misrada o‘rnini almashtirib takrorlashdan iborat san’atdir.
Ko‘pgulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma qaro balo soching.
Boburning ushbu baytining birinchi misrasidagi „balo“ so‘zi mustaqil holda „ofat“ ma’nosini, „qaro“ so‘zi esa sochning sifatini ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi misradagi bu ikki so‘zning o‘rni almashtirilishi natijasida, ularning mazmuni ham o‘zgarib, „qaro“ so‘zi „balo“ so‘zining sifatlovchisiga aylanib, bu so‘zning ma’nosini yanada kuchaytirgan, har ikki so‘z qofiyadosh bo’lganligi sababli takror zulqofiyatayn san’atini hosil qilgan (A. Hojiahmedov, „She’r san’atlarini bilasizmi?“ 19-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |