Litota (yunon. „Litotes“ — oddiy, kichik) — tafrit (arabcha — mo‘tadildan pastki holat) mubolag‘aning teskarisi bo’lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detalni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash san’atidir. Narsa, hodisa qanchalik kichraytirib, zaiflashtirib, kuchsizlantirib tasvirlansa, unga nisbatan tasvirlanayotgan narsa, hodisa ulkan va ulug‘vor ko‘rinadi. Shu sababga ko‘ra, ko‘pincha, litota mubolag‘a bilan birga ishlatiladi.
Xorazmiyning ushbu baytiga diqqat qilaylik:
Bo‘ying sarv-u sanobartek, beling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
Baytda yorning qad-qomatini tasvirlar ekan, bo‘ychanligini, bo‘yining tikligini — xushqadligini (qarag‘ayga) o‘xshatib bo‘rttirish maqsadida belini judayam ingichka qilib kichraytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |