bu yerda, t – shartnomaning amal qilish davri, Div – dividend. Forvard shartnoma davrida daromad keltiradigan aktivlarning forvard narxi. Dividendning absolyut qiymatining oʻrniga dividend stavkasi koʻrsatkichidan ham foydalanish mumkin. U holda formula quyidagi koʻrinishga keladi: bu yerda, d –dividend stavkasi Agar forvard shartnoma bazis aktivi tovar hisoblansa, u holda uning egasi forvard shartnoma xaridoridan farqli ravishda tovarlarni saqlash, ularni transportda yetkazish va sugʻurtalash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshiradi. Oʻz navbatida tovarning forvard narxi koʻrsatilgan xarajatlar summasiga mos ravishda oshirilishi lozim. Agar tovarni saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlardan bir dona mahsulotga qancha toʻgʻri kelishi aniq belgilangan boʻlsa, u holda bunday tovarning forvard narxi quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |