Fyuchers narxi
Fyuchers narxi deganda fyuchers shartnomasini imzolashda belgilangan narx tushunilib, u investorlarning tegishli aktiv boʻyicha kelajakda kutayotgan spot narxini aks ettiradi. Fyuchers shartnomasini imzolashda bazis aktivning fyuchers narxi spot narxidan yuqori yoki past boʻlishi mumkin.
Agar fyuchers narxi spot narxidan yuqori boʻlsa, u holda bu holat kontango deyiladi. Agarda teskarisi, yaʼni fyuchers narxi spot narxidan past boʻlsa, u holda bu holat bekuordeyshn deyiladi.
Fyuchers narxi va spot narxi oʻrtasidagi farq bazis deb ataladi. Shartnoma muddatining oxirida bazis nolga teng boʻladi, chunki fyuchers narx va spot narx oʻzaro bir nuqtada kesishadi
Do'stlaringiz bilan baham: |