ANORGANIK MODDALARNING ENG MUHIM SINFLARI. MODDALARNING TOIFALANISHI.
38-§. METALLMASLAR VA METALLAR.
1. Barcha anorganik moddalar tarkibiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
1) oksid; 2) oddiy; 3) metallmas; 4) tuz;
5) asos; 6) murakkab; 7) metall; 8) kislota.
A) 2,6 B) 1,4,5,8 C) 3,7 D) 2,4,5,6
2.Oddiy moddalar xossalariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
1) oksid; 2) oddiy; 3) metallmas; 4) tuz;
5) asos; 6) murakkab; 7) metall; 8) kislota.
A) 2,6 B) 1,4,5,8 C) 3,7 D) 2,4,5,6
3. D.I.Mendeleevning elementlar davriy jadvalida metallarning soni nechta?
A) 22 B) 87 C) 96 D) 83
4. D.I.Mendeleevning elementlar davriy jadvalida metallmaslarning soni nechta?
A) 22 B) 87 C) 96 D) 83
5. Metallar orasida qaysi birining agregat holati suyuq hisoblanadi?
1) simob; 2) seziy; 3) kalsiy; 4) fransiy; 5) galliy.
A) 1,4 B) 1 C) 2,5 D) 3,4
6. Metallmaslar orasida qaysi birining agregat holati suyuq hisoblanadi?
1) brom; 2) oltingugurt; 3) yod; 4) azot; 5) fosfor.
A) 1,4 B) 1 C) 1,2,3,5 D) 2,3,5
7. Metallmaslar orasida qaysi birining agregat holati qattiq hisoblanadi?
1) brom; 2) oltingugurt; 3) yod; 4) azot; 5) fosfor.
A) 1,4 B) 1 C) 1,2,3,5 D) 2,3,5
8. Quyidagilar orasidan metallarning fizik xossalarini toping?
1) cho‘ziluvchanlik; 2) plastiklik; 3) yaltiroqlik;
4) issiqlik o‘tkazuvchanlik; 5) elektr o‘tkazuvchanlik; 6) ayrimlari uchuvchan.
A) 1,2,3,4,5 B) 6 C) 2,3,5 D) barchasi
9. Quyidagilar orasidan metallmaslarning fizik xossalarini toping?
1) cho‘ziluvchanlik; 2) plastiklik; 3) yaltiroqlik;
4) issiqlik o‘tkazuvchanlik; 5) elektr o‘tkazuvchanlik; 6) ayrimlarida uchuvchanlik.
A) 1,2,3,4,5 B) 6 C) 2,3,5 D) hech qaysi
10. Quyidagilar orasidan metallarga xos bo‘lgan kristall panjara tur(lar)ini toping?
1) ion; 2) molekulyar; 3) metall; 4) atom.
A) 3 B) 1 C) 2,4 D) barchasi
11. Quyidagilar orasidan oddiy moddalarga xos bo‘lgan kristall panjara tur(lar)ini toping?
1) ion; 2) molekulyar; 3) metall; 4) atom.
A) 3 B) 2,3,4 C) 2,4 D) barchasi
12. Quyidagilar orasidan oddiy moddalarga xos bo‘lmagan kristall panjara tur(lar)ini toping?
1) ion; 2) molekulyar; 3) metall; 4) atom.
A) 1 B) 2,3,4 C) 2,4 D) barchasi
13. Quyidagilar orasidan metallmaslarga xos bo‘lgan kristall panjara tur(lar)ini toping?
1) ion; 2) molekulyar; 3) metall; 4) atom.
A) 3 B) 1 C) 2,4 D) barchasi
14. Quyidagilar orasidan metallarga xos bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish tur(lar)ini toping?
1) ion; 2) kovalent; 3) metall; 4) vodorod.
A) 3 B) 1 C) 2,4 D) barchasi
15. Quyidagilar orasidan metallmaslarga xos bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish tur(lar)ini toping?
1) ion; 2) kovalent; 3) metall; 4) vodorod.
A) 2 B) 1,3 C) 2,4 D) barchasi
16. Murakkab anorganik birikmalar asosan qanday guruhlardan iborat?
1) oksid; 2) oddiy; 3) metallmas; 4) tuz;
5) asos; 6) murakkab; 7) metall; 8) kislota.
A) 2,6 B) 1,4,5,8 C) 3,7 D) 2,4,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |