50-§. KISLOTALARNING OLINISHI VA XOSSALARI.
1. Suvda erimaydigan kislotali oksidlarni mos kislotasini qanday olish mumkin?
A) ularning mos kislotalari tabiatda mavjud bo‘ladi
B) oldin kislota va keyin ishqorda eritiladi
C) oldin ishqor va keyin suvda eritiladi
D) oldin ishqor va keyin kislotada eritiladi
2. Quyidagilar orasidan qaysilarini suvda eritilganda kislotaga aylanadi?
1) CH4; 2) H2S; 3) HCl; 4) PH3; 5) SO3.
A) 1,2,4 B) 2,3 C) 2,3,5 D) barchasi
3. Quyidagilar orasidan qaysilarini suvdagi eritmalari kislotalar hisoblanadi?
1) H2SiO3; 2) HBr; 3) H3BO3; 4) H2SO4;
5) H2S; 6) HCl; 7) HNO3; 8) H3PO4.
A) 1,3,8 B) 4,7 C) 2,5,6 D) 2,3,4,5,6,7,8
4. Quyidagilar orasidan qaysilarini qattiq kislotalar hisoblanadi?
1) H2SiO3; 2) HBr; 3) H3BO3; 4) H2SO4;
5) H2S; 6) HCl; 7) HNO3; 8) H3PO4.
A) 1,3,8 B) 4,7 C) 2,5,6 D) 2,3,4,5,6,7,8
5. Quyidagilar orasidan qaysilarini suyuq kislotalar hisoblanadi?
1) H2SiO3; 2) HBr; 3) H3BO3; 4) H2SO4; 5) H2S;
6) HCl; 7) HNO3; 8) H3PO4.
A) 1,3,8 B) 4,7 C) 2,5,6 D) 2,3,4,5,6,7,8
6. Neytral eritmalarga lakmus ta’sir ettirilsa qanday rang hosil bo‘ladi?
A) qizil B) ko‘k C) binafsha D) rangsiz
7. Kislotali eritmalarga lakmus ta’sir ettirilsa qanday rang hosil bo‘ladi?
A) qizil B) ko‘k
C) binafsha D) rangsiz
8. Neytral eritmalarga fenolftalein ta’sir ettirilsa qanday rang hosil bo‘ladi?
A) qizil B) ko‘k C) pushti D) rangsiz
9. Kislotali eritmalarga fenolftalein ta’sir ettirilsa qanday rang hosil bo‘ladi?
A) qizil B) ko‘kC) pushti D) rangsiz
10. Neytral eritmalarga metilzarg‘aldog‘i ta’sir ettirilsa qanday rang hosil bo‘ladi?
A) qizil B) to‘q sariq C) sariq D) rangsiz
11. Kislotali eritmalarga metilzarg‘aldog‘i ta’sir ettirilsa qanday rang hosil bo‘ladi?
A) qizil B) to‘q sariq C) to‘q qizil D) rangsiz
12. Kislotalar qaysi moddalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi ya’ni neytrallanish reaksiyasida qatnashadi?
1) metallar; 2) asosli oksidlar; 3) kislotalar;
4) asoslar; 5) amfoter oksidlar; 6) metalmaslar;
7) tuzlar.
A) 2,3,5 B) 2,4,5 C) 1,3,6,7 D) 1,3,4,5,6,7
13. Kislotalar qaysi moddalar bilan neytrallanish reaksiyasida qatnashmaydi?
1) metallar; 2) asosli oksidlar; 3) kislotalar;
4) asoslar; 5) amfoter oksidlar; 6) metalmaslar;
7) tuzlar.
A) 2,3,5 B) 2,4,5 C) 1,3,6,7 D) 1,3,4,5,6,7
14. Kislotalar quyidagi qaysi metalldan vodorodni siqib chiqara olmaydi?
A) temir B) ruhC) simob D) hech qaysi
15. Quyidagi metallardan eng passivini tanlang?
A) temir B) ruh C) simob D) mis
16. Quyidagi metallardan eng aktivini tanlang?
A) temir B) ruh C) simob D) mis
17. Quyidagi metallardan eng passivini tanlang?
A) temir B) ruh C) nikel D) xrom
18. Quyidagi metallardan eng aktivini tanlang?
A) temir B) ruh C) nikel D) xrom
19. Quyidagi metallardan eng passivini tanlang?
A) platina B) kumush C) simob D) mis
20. Quyidagi metallardan eng aktivini tanlang?
A) platina B) kumush C) simob D) mis
21. Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri o‘rta tuz va yangi kislota hosil qiladi?
A) BaCl2 + H2SO4(suyul.) = B) NaCl + H2SO4(kons.) =
C) CaCO3 + H2CO3 = D) barchasi
22. Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri nordon tuz va yangi kislota hosil qiladi?
A) BaCl2 + H2SO4(suyul.) = B) NaCl + H2SO4(kons.) =
C) CaCO3 + H2CO3 = D) barchasi
23. Quyidagi reaksiyalarning qaysi biri faqat nordon tuz hosil qiladi?
A) BaCl2 + H2SO4(suyul.) = B) NaCl + H2SO4(kons.) =
C) CaCO3 + H2CO3 = D) barchasi
24. 20,8 g bariy xlorid 30% li 250 g sulfat kislota eritmasida eritilganda hosil bo‘lgan eritma massasini (g) aniqlang?
A) 252,5 B) 226,7 C) 270,8 D) 247,5
25. 11,7 g natriy xlorid 90% li 200 g sulfat kislota eritmasida eritilganda hosil bo‘lgan eritma massasini (g) aniqlang?
A) 195,6 B) 192,7 C) 211,7 D) 204,4
26. 100 g A modda parchalanganda B modda va suv hosil bo‘ldi. Bunda 82 g aralashma hosil bo‘lgan bo‘lsa, undagiB moddaning qancha qismi (%) parchalangan? [Mr(A‒B)=18]
A) 73 B) 27 C) 22 D) 78
27. 100 g A modda parchalanganda B modda va suv hosil bo‘ldi. Bunda 82 g aralashma hosil bo‘lgan bo‘lsa, dastlabki moddaning qancha qismi (%) parchalangan? [Mr(A‒B)=18]
A) 73 B) 27 C) 22 D) 78
28. 1) borat;2) manganat;3) sulfat;4) sulfit;
5) nitrat;6) ortofosfat kislotalarga to‘g‘ri keladigan kislotali oksidlar formulalarini toping?
a) SO2; b) P2O5; c) B2O3; d) MnO3; e) N2O5; f) SO3.
A) 1-c; 2-d; 3-a; 4-f; 5-e; 6-b
B) 1-c; 2-d; 3-f; 4-f; 5-e; 6-b
C) 1-b; 2-c; 3-f; 4-a; 5-e; 6-d
D) 1-c; 2-d; 3-f; 4-a; 5-e; 6-b
29. Quyidagi metallardan qaysi bir(lar)i xlorid kislotadan vodorodni siqib chiqaradi?
1) kaliy; 2) bariy;3) simob; 4) temir; 5) mis;
6) kumush; 7) natriy; 8) magniy;9) aluminiy; 10)rux.
A) 3,5,6,8,9 B) 2,5,6,7,9 C) 3,5,6 D) 1,2,4,7,8,9,10
30. Quyidagi metallardan qaysi bir(lar)i xlorid kislotadan vodorodni siqib chiqara olmaydi?
1) kaliy; 2) bariy; 3) simob; 4) temir; 5) mis;
6) kumush; 7) natriy; 8) magniy;
9) aluminiy; 10) rux.
A) 3,5,6,8,9 B) 2,5,6,7,9
C) 3,5,6 D) 1,2,4,7,8,9,10
31. Quyidagilar orasidagi reaksiya tenglamalaridan qaysilari neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi? 1) kaliy gidroksid + nitrat kislota; 2) sulfat kislota + natriy xlorid; 3) mis(II)oksid + sulfat kislota; 4) natriy gidroksid + kremniy(IV)oksid; 5) xlorid kislota + magniy karbonat.
A) 1,3,5 B) 2,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4,5
32. Quyidagilar orasidagi reaksiya tenglamalaridan qaysilari neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘lmaydi? 1) kaliy gidroksid + nitrat kislota; 2) sulfat kislota + natriy xlorid; 3) mis(II)oksid + sulfat kislota; 4) natriy gidroksid + kremniy(IV)oksid; 5) xlorid kislota + magniy karbonat.
A) 1,3,5 B) 2,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4,5
33. 196 g mis digidroksid va 73 g xlorid kislota orasidagi reaksiyadan qancha miqdor mahsulotlar hosil bo‘ladi?
A) 233 B) 135 C) 98 D) 270
Do'stlaringiz bilan baham: |